UEFA Yoshlar ligasi
Tashkiliy organ | UEFA |
---|---|
Asos solindi | 2013 |
Hudud | Yevropa |
Jamoalar soni | 64 |
uchun saralash | U-20 Qitʼalararo kubogi |
Hozirgi chempionlar | Olympiacos (1 ta) |
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) |
Barcelona Chelsea (2 tadan) |
Vebsayt | uefa.com/uefayouthleague |
2024/2025-yilgi mavsum |
UEFA Yoshlar ligasi – 2013-yildan beri UEFA tomonidan har yili tashkil etiladigan futbol musobaqasi. Hozirgi formatda turnirda UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etayotgan klublarning yoshlar jamoalari, shuningdek, eng kuchli milliy assotsiatsiyalarning yoshlar ligalari chempionlari ishtirok etmoqda.
Yarim final va final oʻyinlari anʼanaviy ravishda Shveysariyaning Nyon shahridagi Colovray stadionida oʻtkaziladi, 2022/23-yilgi mavsumda bahslar ishtirokchi klublar muxlislari tomonidan turnirga qiziqish kuchayishi sababli Stade de Genèvega koʻchirilgan[1]. Gʻoliblar UEFAning sobiq prezidenti nomi bilan atalgan Lennart Johansson kubogi bilan taqdirlanadilar.
Eng muvaffaqiyatli jamoalar „Barcelona“ va „Chelsea“ boʻlib, ularning har biri ikkita titulni qoʻlga kiritgan. „Chelsea“ 2015- va 2016-yillarda ketma-ket gʻolib chiqishdi, „Barselona“ esa chempionatning ilk mavsumida birinchi va 2018-yilda ikkinchi sovrinini qoʻlga kiritdi. Amaldagi chempion „Olimpiacos“ boʻlib, u 2024-yilgi finalda „Milan“ni 3:0 hisobida magʻlub etdi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil may oyida UEFA "Bavariya" va "Inter" yoshlar jamoalari oʻrtasida, UEFA Chempionlar Ligasi finalidan uch kun oldin, „UEFA Under-18 Challenge“ deb nomlangan oʻyin tashkil etdi. „Inter“ Denis Alibecning ikkita goli evaziga 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyin „UEFA Grassroots Day“ doirasida oʻtkazildi va UEFA Yoshlar ligasi uchun ilhom manbaiga aylandi[2][3][4].
2013/2014-yilgi UEFA Yoshlar ligasining birinchi turnirida ishtirok etgan jamoalar 2013/2014-yilgi UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichidagi kabi tarkib va taqvim bilan guruh bosqichini oʻynashdi va musobaqa „sinov tariqasida“ oʻtkazildi[4].
Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan 16 ta jamoa pley-offga yoʻl oldi. UEFA Chempionlar Ligasidan farqli oʻlaroq, pley-off yakkalik bahslarida oʻtkazildi, yarim final va final bahslari esa neytral maydonlarda oʻtkazildi[4].
Britaniya OAV musobaqa NextGen Series turnirini siqib chiqarish uchun yaratilganligini qayd etdi[5][6].
2014-yil aprel oyida „Barcelona“ Nyon shahrida oʻtgan finalda „Benfika“ni 3:0 hisobida magʻlub etib, turnirning birinchi chempioniga aylandi.
Ikki yillik sinov muddatidan soʻng, UEFA Yoshlar ligasi 2015/2016-yilgi mavsumdan boshlab UEFA ning doimiy musobaqasiga aylandi va turnirdagi jamoalar soni 32 tadan 64 taga koʻpaytirildi, bu esa UEFA koeffitsientlariga muvofiq 32 ta eng yaxshi milliy assotsiatsiyaning yoshlar chempionlariga qatnashish imkonini berdi. UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichidagi 32 ta yoshlar jamoasi guruh bosqichi formatini saqlab qoladi: guruh gʻoliblari 1/16 finalga, ikkinchi oʻrinni egallaganlar esa pley-offga chiqadi. 32 ta assotsiatsiyalarning yoshlar chempioni ikki oʻyinli formatda ikki raund oʻynaydi, sakkizta gʻolib esa pley-offga chiqadi, u yerda guruh bosqichining ikkinchi oʻrinni egallagan ishtirokchilarga qarshi bitta oʻyin oʻynashadi. 1/16 finalda va undan keyingi yakkalik uchrashuvlar formati oʻzgarishsiz qoladi[7].
2024/2025-yilgi mavsumdan boshlab UEFA Yoshlar ligasi formati UEFA Chempionlar Ligasida yuz beradigan oʻzgarishlarga sabab oʻzgaradi va baʼzi farqlarga ega boʻladi[8].
Finallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tartib | Mavsum | Gʻoliblar | Hisob | Raqib | Magʻlub qilingan yarimfinalchilar | Joy | |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1
|
2013/2014 | Barcelona | 3–0 | Benfica | Real Madrid va Schalke 04 | Colovray stadioni, Nyon, Shveysariya | |
2
|
2014/2015 | Chelsea | 3–2 | Shakhtar Donetsk | Anderlecht va Roma | Colovray stadioni, Nyon, Shveysariya | |
3
|
2015/2016 | Chelsea | 2–1 | Paris Saint-Germain | Anderlecht va Real Madrid | Colovray stadioni, Nyon, Shveysariya | |
4
|
2016/2017 | Red Bull Salzburg | 2–1 | Benfica | Barcelona va Real Madrid | Colovray stadioni, Nyon, Shveysariya | |
5
|
2017/2018 | Barcelona | 3–0 | Chelsea | Manchester City va Porto | Colovray stadioni, Nyon, Shveysariya | |
6
|
2018/2019 | Porto | 3–1 | Chelsea | Barcelona va 1899 Hoffenheim | Colovray stadioni, Nyon, Shveysariya | |
7
|
2019/2020 | Real Madrid | 3–2 | Benfica | Ajax va Red Bull Salzburg | Colovray stadioni, Nyon, Shveysariya | |
–
|
2020/2021 | Yevropadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan | |||||
8
|
2021/2022 | Benfica | 6–0 | Red Bull Salzburg | Atlético Madrid va Juventus | Colovray stadioni, Nyon, Shveysariya | |
9
|
2022/2023 | AZ | 5–0 | Hajduk Split | Milan va Sporting CP | Stade de Genève, Geneva, Shveysariya | |
10
|
2023/2024 | Olympiacos | 3–0 | Milan | Nantes va Porto | Colovray stadioni, Nyon, Shveysariya |
Gʻoliblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoalar boʻyicha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlatlar boʻyicha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat | Chempion | Finalchi | Gʻalaba qozonilgan yil | Finalchi sifatidagi yil |
---|---|---|---|---|
Ispaniya | 3 | 0 | 2014, 2018, 2020 | — |
Portugaliya | 2 | 3 | 2019, 2022 | 2014, 2017, 2020 |
Angliya | 2 | 2 | 2015, 2016 | 2018, 2019 |
Avstriya | 1 | 1 | 2017 | 2022 |
Niderlandiya | 1 | 0 | 2023 | — |
Gretsiya | 1 | 0 | 2024 | — |
Ukraina | 0 | 1 | — | 2015 |
Fransiya | 0 | 1 | — | 2016 |
Xorvatiya | 0 | 1 | — | 2023 |
Italiya | 0 | 1 | — | 2024 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Union of European Football Associations. „UEFA Youth League finals moved to Stade de Genève | UEFA Youth League“. UEFA.com (2023-yil 22-mart).
- ↑ Union of European Football Associations. „Young stars take centre stage“. UEFA.com (2010-yil 18-may). 2010-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Union of European Football Associations. „Inter take Under-18 honours“. UEFA.com (2010-yil 19-may). 2010-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Union of European Football Associations. „UEFA Youth League club competition launched“. UEFA.org (2012-yil 7-dekabr). 2013-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Herbert, Ian. „Comment: Brilliant NextGen series sadly sidelined in favour of Uefa Youth Cup“. The Independent (2013-yil 17-sentabr).
- ↑ Twomey, Liam. „NextGen eyes comeback as Uefa Youth League celebrates finale“. goal.com (2014-yil 14-aprel).
- ↑ Union of European Football Associations. „UEFA Youth League retained and expanded“. UEFA.com (2014-yil 18-sentabr).
- ↑ Union of European Football Associations. „UEFA Youth League: New format from 2024/25“ (en). UEFA.com (2023-yil 28-iyun).