Kontent qismiga oʻtish

UEFA murabbiylik litsenziyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

UEFA murabbiylik litsenziyalari - UEFA a’zolari orasidagi murabbiylarning malakasini tasdiqlovchi hujjat. Yevropada futbolni boshqaruvchi tashkilot hisoblangan UEFA, professional murabbiylar uchun bir nechta litsenziyalarni talab qilgan. Bu litsenziyalarning har biri tashkilotning barcha a’zolari uchun ma’lum darajada murabbiylik qilishga imkon bergan. Bularga UEFA Pro litsenziyasi, UEFA A litsenziyasi va UEFA B litsenziyasi kiradi. Ushbu litsenziyalar UEFAga a’zo bo‘lgan har bir davlatning futbol federatsiyasi tomonidan berilgan va uch yil muddatga amal qilgan.

UEFA Pro litsenziyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

UEFA Pro litsenziyasi Yevropada mavjud bo‘lgan eng yuqori murabbiylik sertifikati hisoblanadi va odatda "B" va "A" litsenziyalarini olganidan so‘ng beriladi[1]. Pro litsenziya har qanday Yevropa mamlakati ligasining oliy divizionida futbol klubini doimiy ravishda boshqarmoqchi bo‘lgan shaxslar uchun talab etiladi. Bu, malakasiz vaqtinchalik menejerga 12 haftagacha boshqaruv huquqi berilishidan farqli o‘laroq, doimiy asosda ishlash imkonini beradi. Shuningdek, bunday litsenziya UEFA Chempionlar Ligasi va UEFA Yevropa Ligasida ham murabbiylik qilish uchun zarur hisoblanadi[2][3].


UEFA A litsenziyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

UEFA A litsenziyasi UEFA Pro litsenziyasidan bir pog‘ona pastda turadi va uning egalariga 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoalariga, oliy liga klublarining zaxira jamoalariga (ular "B" jamoalari deb ham ataladi), hamda erkaklar professional ikkinchi liga klublariga bosh murabbiy bo‘lish huquqini beradi.[4][5].

UEFA B litsenziyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

UEFA B litsenziyasi UEFA A litsenziyasidan bir pog‘ona quyi turadi va uning egalariga havaskorlar klublari, 16 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoalarining bosh murabbiyi, shuningdek professional klublarda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritish huquqini beradi[6].

  1. Magowan, Alistair. „What is a UEFA Pro Licence?“. BBC Sport (23-iyun 2008-yil).
  2. „The FA's UEFA Pro Licence Course – Who, What and When“. The Guardian. Guardian News and Media. Qaraldi: 12-iyul 2014-yil.
  3. Jessop, Chris. „So You Want to be a Football Coach. Just How Easy Is It?“. UK Sports Network (31-avgust 2010-yil). 4-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Qualification Pyramid“. The Professional Footballers' Association (PFA). Qaraldi: 19-sentabr 2017-yil.
  5. „What happens on a Uefa A Licence course?“. www.fourfourtwo.com. Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
  6. „Qualification Pyramid“. PFA. Qaraldi: 19-sentabr 2017-yil.