UTube.uz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

uTube.uz — taʼlimiy video portal. uTube.uz portalida koʻplab video maʼruzalar va video darsliklar, turli yoʻnalishlar boʻyicha seminar hamda intervyular toʻplangan[1]. Portal taʼlim olishning zamonaviy shakllarini (masofali, sinxron, uzluksiz) taqdim etadi. Materiallarni on-line koʻrish hamda koʻchirib olish imkoniyati mavjud. 2022-yil may holatiga koʻra uTube.uz taʼlimiy videoportalda 30,200 dan oshiq videolar bor. Videoportalga maʼlumotlar muntazam ravishda yangilanib turiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Video portal 2009-yilda tashkil etilgan. Dastlab Oʻzbekistonning boy tarixi va taʼlimiy-ilmiy, maʼnaviy-axloqiy hamda madaniy ahamiyatga ega resurslarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Video maʻlumot yuklash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portalga videolarni yuklash uchun ID.UZ tizimidan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi[2].

Videolarning formati boʻyicha talablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

.avi,.webm,.mp4,.mpeg,.movie,.mov,.mv va.mkv. formatlaridagi videolarni joylashtirish imkoniyati mavjud.

Videolarning hajmi boʻyicha talablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2 000 Mb hamjgacha boʻlgan videolarni saytga joylashtirish mumkin. 2000 Mb dan oshiq videolar server tomonidan qabul qilinmaydi va saytga joylashtirilmaydi. Yuklangan barcha videofayllar format qilingan holda 854px ga 480px oʻlchamdagi. mp4 formatga oʻzgartiriladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://utube.uz/uz/[sayt ishlamaydi] uTube.uz — Taʼlimiy video portal
  2. Yagona identifikatsiya tizimi