Kontent qismiga oʻtish

Ubaydulla Derbisalin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulla Derbisalin (Ubaydulla Derbisalin)Turkiston ASSRdagi milliy kommunistlardan[1].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1888-yilda Yettisuv viloyatida (Qozogʻistonning hozirgi Qoʻstanay viloyati Qorabuloq tumanida) tugʻilgan. Turmush oʻrtogʻi Zaxida Derbisalin (1896-1943). 1939-yili turmush oʻrtogʻi bilan ajrashgan. Farzandlari Galiya Derbisalin(1919-tugʻilgan) va Aysulu Derbisalin(1922-2008)[1].

1917-yili Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. Qozoq ovullarida dastlab muxtoriyatchilik gʻoyalarini targʻib etgan. Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyida qatnashib, Turkiston Milliy Majlisi a’zoligiga saylangan. Muxtoriyat hukumati agʻdarilgach, sovet hokimiyati tomoniga oʻtgan. Turor Risqulov rahbarligida 1919-yil mart oyida Toshkentda Turkiston oʻlka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tashkil qilingach, RKP(b) oʻlka Musulmonlar byurosining Yettisuv (Semirechye) viloyati rahbari (1919-yil ikkinchi yarmi - 1920-yil aprel)[2]. Keyinchalik Janubiy Qozogʻiston viloyatining Lenin rayonidagi yogʻ zavodida buxgalter boʻlib ishlagan.

Qatagʻon qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1941-yil 4-iyulda NKVD Lenin rayoni boʻlimi tomonidan qamoqqa olinib, unga RSFSR Jinoyat kodeksining 58-10 moddasidagi ayblar qoʻyilgan. 1941-yil 27-sentabrda mexnat axloq tuzatish lageriga 7 yil muddatga hukm qilingan. Qamoqdan qaytmagan[3]

Reabilitatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Derbisalin Qozogʻiston SSR Oliy sudi Prezidiumi tomonidan vafotidan soʻng 1989-yil 1-dekabrda reabilitatsiya qilingan.

  1. Rajabov Qahramon. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri.Toshkent,2021. 64-betlar
  2. Иностранная военная интервенция и гражданская война в Средней Азии и Казахстане. Документы и материалы. Том II. - Алма-Ата: "Наука", 1964. Сентябрь 1919 г. - декабрь 1920 г. -C. 349,692.
  3. Rajabov Qahramon. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri.Toshkent,2021. 66-betlar