Ubudiya masjidi
Masjid | |
Ubudiya masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Perak | Kuala Kangsar |
Koordinatalar | 4°45′50.9″N 100°57′02.9″E / 4.764139°N 100.950806°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom va hind-sarasenik meʼmorchiligi |
Meʼmor | Arthur Benison Hubback |
Binokorlik | 1913—1917 |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
Ubudiya masjidi Vikiomborda |
Ubudiya masjidi (malaycha: Masjid Ubudiah) – Malayziyaning Perak viloyati Kuala Kangsar qirollik shahrida joylashgan kichik masjid.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Kuala Kangsar shahrida joylashgan. Bino loyihasi Arthur Benison Hubback tomonidan ishlab chiqilgan. Arthur Benison bundan tashqari Ipoh va Kuala Lumpur temir yoʻl stansiyasining dizayni uchun ham mas’ul boʻlgan.
Masjid Perakning 28-sultoni Sulton Idris Murshidul Adzamshoh I Ibni Almarhum Roja Bendahara Alang Iskandar Teja hukmronligi davrida qurilgan. Sulton ushbu masjidni oxirgi yillarda oʻzini qiynayotgan xastalikdan tuzalib ketganligi uchun shukrona sifatida qurdirishni buyurgan. 1913-yilning 26-sentyabrida masjid poydevorini qoʻyish marosimi boʻlib oʻtgan[1].
Masjid qurilishi bir necha marotaba toʻxtatilgan. Bir marta sulton va Roja Chulanga tegishli ikkita fil urishib, yugurib kelgan holda italyan marmar koshinlariga shikast yetkazgan. Birinchi jahon urushining boshlanishi ham masjid qurilishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan[2].
Ubudiya masjidi, nihoyat, 1917-yil oxirida qurib bitkazilgan, qurilishning umumiy qiymati 24 000 AQSh dollari (200 000 ringit)ni tashkil etgan boʻlib, oʻsha paytda bu juda katta mablagʻ hisoblangan. Bino qurilishi nihoyasiga yetmasdan turib Sulton Idris vafot etgan, uning vorisi Sulton Abduljalil Karamtullohshoh Ibni Almarhum Sulton Idris Murshidul Adzamshoh I Rahmatulloh qurilish oʻz nihoyasiga yetgach, uni rasman ochiq deb eʼlon qilgan. Masjid hozirda Perak shtati aholisi uchun faxr timsoliga aylangan[3].
Masjid 2003-yilda taʼmirlangan[4].
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid hind-sarasenik uslubda qurilgan. Inshootning asosiy va markaziy oltin gumbazi va toʻrtta minorasi, shuningdek, yana boshqa kichikroq minoralari va oltin gumbazlari mavjud. Masjid qurilishida italyan marmardan foydalanilgan[4]. Bino yaqinida Makam al-Gufran yoki Perak qirol maqbarasi joylashgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Masjid Ubudiah“. National Archive. 2012-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Dominique Grele. 100 Resorts Malaysia: Places with a Heart — 82–83-bet. ISBN 9789710321032.
- ↑ „Wawasan 2020 – Place of Interest“. 2019-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- ↑ 4,0 4,1 Lonely Planet Malaysia Singapore & Brunei. Lonely Planet. ISBN 9781760341626.