Kontent qismiga oʻtish

The Three Pigs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uch choʻchqachadan yoʻnaltirildi)
The Three Pigs
Muallif(lar) David Wiesner
Bezovchi(lar) David Wiesner
Muqova artist(lar)i David Wiesner
Mamlakat AQSh
Janr(lar)i Bolalar adabiyoti
Nashr etilgan sanasi 2001-yil
Nashriyot Houghton Mifflin/Clarion
Sahifalar soni 40 sahifa
ISBN 978-0-618-00701-1

The Three Pigs — bolalar uchun rasmli kitob. David Wiesner tomonidan yozilgan va illyustratsiyalar bilan bezalgan. 2001-yilda Houghton Mifflin/Clarion tomonidan nashr etilgan. Wiesner 2002-yilda kitobdagi illustratsiyalar uchun Caldecott medalini qoʻlga kiritgan[1].

Hikoya uy qurishga qaror qilgan uch choʻchqacha bilan boshlanadi. Biroq uchta choʻchqadan ikkitasi oʻynashni yaxshi koʻradi. Uchinchisi juda mas’uliyatli va mehnatsevar boʻladi. U qolgan ikki choʻchqaga boʻridan himoyalanish uchun yaxshi uy qurishni maslahat beradi. Birinchi choʻchqacha dangasa boʻlganligi sababli uyini somondan quradi. Mas’uliyatsiz ikkinchi choʻchqacha oson usulni tanlab, uyini tayoqlardan quradi. Uchinchi choʻchqacha mehnatkashligi sababli uyini gʻishtdan quradi. Shu sababli uchinchi choʻchqachaning uyi kechroq qurib bitkaziladi. Choʻchqachaning ishi ogʻirligini koʻrgan qolgan ikkitasi uni masxara qilishadi. Amazon Editorial Reviewsga koʻra, boʻri birinchi uyga yaqinlashib, uyni puflab yuboradi va choʻchqacha uyi bilan birga sahifa hoshiyasidan uchib chiqib ketadi. Birin-ketin, uch choʻchqacha ertak sahifalaridan chiqib ketadi va oʻz sarguzashtini boshlaydi. Choʻchqachalar kitob sahifalaridan qogʻoz samalyotlar yasab, boshqa hikoyalarga tashrif buyurishadi va turli sarguzashtlarni boshdan kechirishadi.

  1. American Library Association: Caldecott Medal Winners, 1938 — Present. URL accessed 27 May 2009.