Kontent qismiga oʻtish

Uchlanma nuqta

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Uchlanma nuqta (termodinamikada) — moddaning holat diagrammasit undagi 3 faza — qattiq, suyuq va gazeimon fazalarining turgʻun muvozanat holatiga moye keladigan temperatura va bosimni ifodalovchi nuqta. Gibbsning fazalar qoidasiga koʻra, kuzatilayotgan moddaning muvozanat holatida uchtadan ortiq fazalar boʻlishi mumkin emas. Agar modda uchta emas, balki undan koʻp fazalarda mavjud boʻlishi mumkin boʻlsa, bunday moddaning holat diagrammasida bir necha Uchlanma nuqta boʻlishi mumkin. Mas, suv uchun bitta Uchlanma nuqta bosim 610 Pa [4,58 mm sim. ust.] va temperatura 0,008°S [273,15 K] boʻlgan nuqtada kuzatiladi. Bunda muz, suv va suv bugʻi oʻzaro muvozanatda boʻladi. Suvning Uchlanma nuqta temperaturasi T=273,15 K termodinamik temperatura shkalasyning reper nuqtasi hisoblanadi. Turli moddalar uchun Uchlanma nuqtada temperatura va bosim turlicha boʻladi (jadvalga q.).

2000 atm va undan ortiq bosimlarda hamda temperatura 20° dan past boʻlgan sharoitda suv bilan birga uning holati — muz (kristall)ning 5 dan ortiq fazalarini kuzatish mumkin. Shuning uchun ayrim Uchlanma nuqtalarda 3 xil kristall fazalar oʻzaro muvozanatda ham boʻladi.