Kontent qismiga oʻtish

Uchoʻchoq choʻqqisi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ucho‘choq cho‘qqisidan yoʻnaltirildi)

Uchoʻchoq choʻqqisi — Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi togʻ choʻqqisi. Bobotogʻning davomi — Oqtogʻning eng baland joyi (751 m). Surxondaryo va Kofarnihon daryolari oraligʻida. Atrofi soyliklardan iborat. Neogen jinslaridan tuzilgan. Uchoʻchoq choʻqqisi yaqinidan neft va gaz konlari topilgan. Choʻqqi yonidan marmartosh tayyorlanadi.