Uels malikasi Diananing oʻlimi
1997-yil 31-avgust kuni erta tongda Uels malikasi Diana Fransiyaning Parij shahridagi Pont de l’Alma tunnelida avtohalokatda olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Diananing sherigi Dodi Fayed va Mercedes-Benz W140 S-Class haydovchisi Anri Pol voqea joyida halok bo‘lganligi maʼlum qilingan. Ularning qoʻriqchisi Trevor Ris-Jons ogʻir jarohatlangan, ammo halokatdan omon qolgan.
BBC xabariga koʻra, avtohalokatga mashina boshqaruvini yoʻqotish sabab boʻlganini daʼvo qilishgan[1]. 1999-yilda fransuz tekshiruvi Mercedes haydovchisi Pol alkogol hamda qabul qilgan dorilari taʼsirida yuqori tezlikda avtomobil boshqaruvini yoʻqotgan. U Ritz mehmonxonasida xavfsizlik boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari hisoblanib, ular chiqishidan oldin mehmonxona tashqarisida Diana va Fayedni kutib turgan paparatsilarni haydagan. Uning qonidagi antidepressantlar va antipsikotiklar Polning mastligini oshirgan boʻlishi mumkin[2][3]. Baʼzi ommaviy axborot vositalarida Ris-Jons xavfsizlik kamarini taqqanligi sababli omon qolgani aytilgan, ammo boshqa tekshiruvlar natijasida mashinada oʻtirganlarning hech biri kamar taqmaganligi aniqlangan[4].
Diana vafot etganida 36 yoshda boʻlgan[5]. Uning oʻlimi Buyuk Britaniyada va butun dunyoda misli koʻrilmagan qaygʻuga sabab boʻlgan va uning dafn marosimini taxminan 2,5 milliard kishi tomosha qilgan. Qirollik oilasining Diananing oʻlimiga munosabat bildirgani matbuotda tanqidlarga uchragan. Jamiyatning Dianaga boʻlgan qiziqishi hali-hanuz yuqoriligicha qolmoqda va u oʻlimidan keyingi yillarda ham muntazam ravishda matbuotda yoritilib borilmoqda.
Halokatdan oldingi voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yil 30-avgust, shanba kuni Diana Sardiniyani shaxsiy samolyotda tark etgan va biznesmen Muhammad Al-Fayedning oʻgʻli misrlik kino prodyuseri Dodi Fayed bilan Parijga kelgan[6][7]. Oldingi toʻqqiz kunni Fransiya va Italiya Rivierasida Mohamedning Jonikal yaxtasida birga oʻtkazishgan. Shuningdek, ular Londonda ham toʻxtab oʻtishgan. hamda ular Londonda tunashni rejalashtirilgan. Mohamed Parijdagi Ritz mehmonxonasining egasi boʻlgan. U Champs Elysees xiyoboni yaqinidagi Arsène Xoussaye koʻchasidagi kvartirada istiqomat qilgan[8].
Ritz xavfsizlik boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Anri Pol paparazzilarni chalgʻitish maqsadida qoʻshimcha 1996-yildagi Mercedes-Benz W140 S-Class mashinasini mehmonxonadan chiqib ketishini rejalashtirgan[9]. Ritzdan birinchi boʻlib Vendome maydonining asosiy kirish joyidan chalgʻituvchi mashina chiqib ketgan va koʻplab fotosuratchilarni oʻziga tortgan. Diana va Fayed keyin mehmonxonaning orqa kirish eshigidan, 31-avgust kuni soat 00:20 atrofida (30-avgust UTC 22:20) Arsen Hussaye ko‘chasidagi kvartiraga qarab yoʻl olishhgan[10]. Ular mehmonxona oldida kutib turgan o‘ttizga yaqin fotosuratchilardan qochish uchun shunday yoʻl tutishgan. Mashinaning orqa oʻrindigʻida Diana va Fayed boʻlib, Fayed oilasining shaxsiy himoya guruhi aʼzosi Trevor Ris-Jons (oʻng) old yoʻlovchi oʻrindigʻida boʻlgan. Mashina yoʻlovchilari xavfsizlik kamarlarini taqmagan holda Plas de l’Alma yer osti oʻtish joyiga borishgan[11]. Biograf Endryu Mortonning soʻzlariga koʻra, avtomobil haydovchisi ichib, haydash uchun qonuniy chegaradan uch marta ortiqroq alkogol qabul qilgan va halokatli voqea sodir boʻlishidan oldin giyohvand moddalar aralashmasini qabul qilganligi aniqlangan.
Halokat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soat 00:23 da Pol Pont de l’Alma yer osti oʻtish joyiga kiraverishda mashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, mashina yonidan o‘tib ketayotgan Fiat rusumli avtomashinani urib yuborgan va keyin ikki qatorli qatnov qismining chap tomoniga burilib, tomni ushlab turgan o‘n uchinchi ustun bilan to‘qnashib ketgan[12]. Mashina tunnelning tezlik 50 km/soat (31 mil/soat) chegarasidan ikki barobar ortiq, taxminiy 105 km/soat tezlikda harakatlangan[13]. Keyin aylanib, tunnelning tosh devoriga orqaga urilgan va to‘xtab qolgan. Toʻqnashish natijasida avtomobilning old yarmiga jiddiy zarar yetgan[8]. Halokatdan ko‘p o‘tmay yetib kelgan guvohlar tutun chiqqanini aytishgan. Guvohlar, mototsikldagi fotosuratchilar „Mersedes sedanini tunnelga kirishidan oldin urib yuborishganini“ aytishgan.
Oqibati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Politsiya voqea sodir boʻlganidan taxminan oʻn daqiqa oʻtib, soat 00:30 da yetib kelgan. Besh daqiqadan soʻng tez yordam mashinasi voqea joyiga kelgan[14]. „France Info“ radiosining xabar berishicha, bir fotosuratchi voqea joyidan dahshatga tushgan guvohlar tomonidan kaltaklangan. Fotosuratchilarning besh nafari bevosita hibsga olingan. Keyinroq yana ikki kishi hibsga olingan va yigirmaga yaqin plyonka fotograflardan olib qoʻyilgan[15]. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar ham yetib kelgan hamda jabrlanganlarni olib chiqishda yordam berishgan[16].
Ris-Jons hushida boʻlganida, yuzida koʻplab jiddiy jarohatlar va bosh kontuziyasi boʻlgan. Old yoʻlovchilarning xavfsizlik yostiqchalari normal ishlagan[17]. Oʻng orqa yoʻlovchi oʻrindigʻida oʻtirgan Diana ham hushini yoʻqotmagan boʻlgan. Oʻir jarohat olgan Diana qayta-qayta „Oh, Xudoyim“ deb ovoz chiqargan va politsiya odamlarni itarib yuborganidan keyin: „Meni tinch qoʻying“ deb aytgan[18]. 2007-yil iyun oyida 4-kanalning „Diana: Tunneldagi guvohlar“ hujjatli filmi Dianaga birinchi bo‘lib xizmatdan tashqari shifokor Frederik Mailliez yordam koʻrsatganini taʼkidlagan[19]. Mailliez Diananing tashqi jarohatlari yoʻqligi, ammo shokda ekanligini aytgan. Soat 01:00 da mashinadan olib chiqilganidan soʻng, uning yuragi toʻxtab qolgan va tashqi kardiopulmoner reanimatsiyadan soʻng uning yuragi yana ura boshlagan[20]. Diana 01:18 da SAMU tez yordam mashinasiga koʻchirilgan hamda 01:41 da voqea joyini tark etgan. Diana Pitie-Salpetrier kasalxonasiga 02:06 da olib kelingan[21].
Fayed chap orqa yoʻlovchi oʻrindigʻida oʻtirgan va koʻp oʻtmay vafot etgani eʼlon qilingan[22]. Pol ham vayronalar ostidan olib tashlanganida oʻlgan deb aytilgan. Ularning ikkalasi ham kasalxonaga emas, toʻgʻridan-toʻgʻri Médico-Légal institutining Parijdagi oʻlikxonasiga olib ketilgan. Keyinchalik Polning qonida alkogol miqdori bir litr qon uchun 1,75 grammni tashkil etgani aniqlangan. Bu esa Fransiyadagi qonuniy chegaradan taxminan 3,5 baravar koʻpligini anglatadi (Kanada, AQSh va Buyuk Britaniyadagi qonuniy chegarada taxminan 2,2 baravarga teng).
Uning hayotini saqlab qolishga urinishlariga qaramay, Diananing jarohatlari juda keng boʻlgan, shuningdek, ichki yurak massaji muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Uning yuragi koʻkrakning oʻng tomoniga siljigani, bu esa oʻpka venasini va perikardni yirtib yuborganini anglatgan. Diana soat 03:00 da kasalxonada vafot etgan[23]. Anestezist Bruno Riu kasalxonada oʻtkazilgan matbuot anjumanida soat 06:00 da uning oʻlimi haqida eʼlon qilgan[24][25].
Oʻsha kuni ertalab Fransiya Bosh vaziri Lionel Jospin va Ichki ishlar vaziri Jan-Pyer Chevenement kasalxonaga tashrif buyurishgan[26]. Soat 17:00 atrofida Diananing sobiq turmush oʻrtogʻi, Uels shahzodasi Charlz va uning ikki katta opasi, ledi Sara Makkorkuodeyl va xonim Jeyn Fellows Parijga yetib kelishgan[8]. Guruh Fransiya prezidenti Jak Shirak bilan birga kasalxonaga tashrif buyurgan va uning hayotini saqlab qolishga harakat qilgani uchun shifokorlarga minnatdorchilik bildirgan[27]. Shahzoda Charlz oʻsha kuni Diananing jasadini Buyuk Britaniyaga kuzatib qoʻygan[28]. Ular RAF Northoltga qoʻnishgan va Qirolichaning rangli otryadi aʼzolari uning tobutini ermin chegarasi bilan qirollik shtandarti oʻralgan tobutni dafn mashinasiga oʻtkazishgan. Uning qoldiqlari oʻlimdan keyingi ekspertiza uchun Londondagi Hammersmit va Fulxem oʻlikxonasiga olib borilgan[29].
Ommaviy axborot vositalarining dastlabki xabarlariga koʻra, Diananing mashinasi 120 km/soat tezlikda ustun bilan toʻqnashgan va tezlik oʻlchagichning ignasi oʻsha holatda tiqilib qolgan deb xabar berishgan[30]. Keyinroq avtomobilning toʻqnashuvdagi tezligi 95–110 km/soat ekanligi eʼlon qilingan. 1999-yilda fransuz tekshiruvi Mercedes tunnelda boshqa avtomobil (oq Fiat Uno) bilan aloqa qilgan degan xulosaga kelgan. Fiat haydovchisi shaxsi esa aniqlanmay qolib ketgan. Koʻpchilik haydovchi Le Van Tan deb hisoblashgan[31][32].
Britaniya Tashqi ishlar vaziri Robin Kuk, agar halokat qisman paparatsilar tomonidan taʼqib qilinganida sodir boʻlgan boʻlsa, bu „ikki barobar fojiali“ boʻlar edi deb taʼkidlagan. Diananing ukasi Erl Spenser ham uning oʻlimida tabloid ommaviy axborot vositalarini ayblagan[33]. Fransiyada oʻn sakkiz oylik sud tergovi 1999-yilda halokatga mast holatda katta tezlikda boshqaruvni yoʻqotib qoʻygan Pol sabab boʻlgan degan xulosaga kelgan[34].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Princess and The Press“. BBC. Qaraldi: 2021-yil 13-may.
- ↑ Nundy, Julian; Graves, David. „Diana crash caused by chauffeur, says report“. The Daily Telegraph. 2002-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Diana jury blames paparazzi and Henri Paul for her 'unlawful killing'“. Daily Telegraph (2008-yil 7-aprel). Qaraldi: 2013-yil 12-oktyabr.
- ↑ Sephton. „Trevor Rees-Jones: What happened to the sole survivor of Diana's crash“. Sky News (2017-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
- ↑ Carla B. Johnston. Global News Access: The Impact of New Communications Technologies. Greenwood Publishing Group, 1998 — 1-bet. ISBN 978-0-275-95774-2.
- ↑ Merrin, William (1999). „Crash, bang, wallop! What a picture! The death of Diana and the media“. Mortality. 4-jild, № 1. 41–62-bet. doi:10.1080/713685965.
- ↑ „What Were You Doing When ...?“. BBC. Qaraldi: 2021-yil 18-aprel.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Cohen 2005.
- ↑ „Timeline: How Diana died“. BBC News (2006-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2008-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Car Crash Kills Princess Diana“. St. Louis Post-Dispatch (1997-yil 31-avgust). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „Google Maps“. Google Maps.
- ↑ „Report 'dispels Diana theories'“. BBC (2004-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 29-may.
- ↑ John Stevens, Baron Stevens of Kirkwhelpington p. 41.
- ↑ Kornblut, Anne E.. „Sound Drew People; Sight Was Grisly“. The Cincinnati Enquirer (1997-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „Police Seize Film“. The Central New Jersey Home News (1997-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „Fireman who treated Princess Diana after the crash reveals her last words“. The Independent (2017-yil 31-avgust). Qaraldi: 2017-yil 31-avgust.
- ↑ „Diana crash airbags puzzle“. BBC News (1998-yil 5-fevral). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „Special Report: Princess Diana, 1961–1997“. Time. 2009-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-may.
- ↑ „Diana: The Witnesses in the Tunnel“. Channel4. Qaraldi: 2011-yil 30-aprel.
- ↑ „Firefighter Reveals Princess Diana's Last Words 20 Years After Death“. Rolling Stone (2017-yil 31-avgust). 2017-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-avgust.
- ↑ John Stevens, Baron Stevens of Kirkwhelpington pp. 525-527.
- ↑ „Princess Diana 'watched lover Dodi dying'“. The Daily Telegraph (2007-yil 29-noyabr). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „Series of Real-Time Reports involving the tragic death of Diana, Princess of Wales“. Emergency (1997). 2008-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Princess Diana Dies in Car Crash“. Quad-City Times (1997-yil 31-avgust). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „Fatal End to Fairy Tale“. Palladium-Item (1997-yil 31-avgust). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „Secret papers recall Diana's final hours“. The Daily Telegraph (2005-yil 16-mart). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ „Diana: World Mourns as Princess's Body Returns Home“. The Journal News (1997-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 31-avgust.
- ↑ Johnson, Maureen. „The World Mourns a Princess“. Hartford Courant (1997-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 31-avgust.
- ↑ Gregory, Martyn. „Beach BBQs with Dodi, rows with bodyguards and that 'engagement ring'... The truth about the last week of Princess Diana's life“. The Telegraph (2017-yil 24-avgust). 2017-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-may.
- ↑ Kole, William J.. „Car's Speedometer Stuck at 121 MPH“. Honolulu Star-Bulletin (1997-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ Reporter, Gordon Rayner. „Inquest shed light on mystery of white Fiat Uno“ (2008-yil 7-aprel). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Martyn Gregory Diana: The Last Days, Random House, 2010, p.70
- ↑ „Right to Privacy Under Scrutiny“. The Springfield News-Leader (1997-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ Haldenby, Andrew. „Diana crash caused by chauffeur, says report“. The Daily Telegraph (1999-yil 4-sentyabr). 2008-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-oktyabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |