Kontent qismiga oʻtish

Ugleammiakatlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ugleammiakatlar —azotli suyuq oʻgʻit. Rangsiz yoki sargʻimtiryashil suyuqlik, ammiak hidi kelib turadi. Ammoniy karbonat yoki ammoniy karbonat va mochevinani ammiakda eritib olinadi. Tarkibida 18—35% azot (koʻpincha 25—29% atrofida), 12% SO,, 4—7% erkin ammiak bor, zichligi 1,1 — 1,4 g/sm3. U. germetik bekiladigan mustaqkam idishlarda tashiladi va saqlanadi. U.ni barcha qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlatsa boʻladi. Oʻsimliklarni oziqlantirishda mashinalar yordamida 10—12 sm chuqurlikda solinadi, sarf meʼyori 100–200 kg/ga.