Ugo (Akita)
Ugo 羽後町 | |
---|---|
Shaharcha | |
39°11′57.5″N 140°24′46.6″E / 39.199306°N 140.412944°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Tohoku viloyati |
Asos solingan | 1955-yil 1-aprel |
Maydon | 23,078 km2 (8,910 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2021-yil oktyabr) |
14 011 |
Zichligi | 61 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
|
Ugo (yaponcha: 羽後町 'Ugo-machi' ) Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2021-yil 31-oktabr holatiga koʻra, shaharchada 5220 ta xonadonda 14011 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi 1 km² ga 61 kishidan toʻgʻri keladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 230,78 kvadrat kilometrni tashkil etadi (89,10 mi²).
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ugo janubiy Akita prefekturasidagi Ogachi tekisligi (yaponcha: 雄勝平野 Ogachi heiya ) da joylashgan, gʻarbda Deva Tog'lari (yaponcha: 出羽山脈 Dewa sanmyaku ) va sharqda Ōu tog'lari (yaponcha: 奥羽山脈 Ōu sanmyaku ) bilan oʻralgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ugo yettita alohida hududga boʻlingan: Nishimonai (yaponcha: 西馬音内 ) shaharning madaniy va iqtisodiy markazi boʻlib, aholining koʻpchiligi shu hududda yashaydi. Nishimonaida shuningdek, restoranlar, doʻkonlar, ichimlik korxonalari va baʼzi kichik parklar joylashgan. Har yili avgust oyida Nishimonai koʻchalarida shaharning eng mashhur festivali Bon Odori oʻtkaziladi. Miva (yaponcha: 三輪 ) Ugodagi ikkinchi yirik tuman boʻlib, bir yoki ikkita kichik soba doʻkoniga ega. Unda shuningdek, shahardagi eng qadimgi va eng muhim ziyoratgoh Miva Suga Jinjya joylashgan. Motonishi (yaponcha: 元西 ) Koʻpchilik aholi yashaydigan turar-joy maydoni boʻlib, ayrim doʻkonlar va diqqatga sazovor joylar mavjud. Niinari (yaponcha: 新成 ) barcha Ugo hududlari kabi aholi yashash hududi boʻlib, fermalar bilan mashhur. Shuningdek, u yerda Arcadia parki ham joylashgan, shuningdek, Ugodagi yagona onsen shu hududdadir. Meiji (yaponcha: 明治 ), Sendō (yaponcha: 仙道 ) va Tashiro (yaponcha: 田代 ) Bularning barchasi faqat turar-joy va dehqonchilik hududlari hisoblanadi, ammo diqqatga sazovor joylar, masalan, tanho ziyoratgohlar va ibodatxonalar, qishloq xoʻjaligi kooperativlari va hamma joyda joylashgan guruch dalalari ham mavjud.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Ugo aholisi soni soʻnggi 70 yil davomida doimiy ravishda kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 28,815 | — |
1960 | 27,716 | −3.8% |
1970 | 23,604 | −14.8% |
1980 | 21,399 | −9.3% |
1990 | 20,906 | −2.3% |
2000 | 19,485 | −6.8% |
2010 | 16,794 | −13.8% |
2020 | 13,825 | −17.7% |
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ugo nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa) boʻlib, katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiqdan issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hudud iqlimiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi kuzatiladi. Ugo qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi, qishda toʻplangan qorlarning balandligi ikki metrdan oshadi. Ugoda oʻrtacha yillik harorat 9,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1800 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,5 °C, eng past harorat esa yanvarda −3,1 °C boʻladi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Ugo hududi qadimgi Ugo viloyatining bir qismi boʻlib, Edo davrida Satake urugʻi hukmronlik qilgan va Tokugava syogunati ostida Kubota domeni tomonidan boshqarilgan. Nishimonay qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi oʻrnatilishi bilan Ogachi tumani tarkibida tashkil etilgan. 1897-yil 6-iyulda u shaharcha maqomiga koʻtarildi. Ugo shaharchasi 1955-yil 1-aprelda Nishimonay shahrining Ogachi tumanidagi Miva, Niinari, Meiji Motonishimonai, Tashiro va Sendo qishloqlari bilan birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ugo iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga, birinchi navbatda sholi yetishtirishga asoslangan.
Ugo — OTC (Sharq Texnika Markazi) joylashgan hududdir. Bu hashamatli soatlar fabrikasi boʻlib, OTC Orient Watch Co., Ltd.ga tegishlidir[4].
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ugoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek Akita prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.
- Boshlangʻich maktablar
- Oʻrta maktablar
- Oʻrta maktabi (yaponcha: 羽後中学校 )
- Oliy maktablar
- Akita Prefectural Ugo oliy maktabi (yaponcha: 秋田県立羽後高等学校 )
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ugoda temir yoʻl xizmati mavjud emas.
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 398
Mahalliy festivallar va tadbirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ugo Akitada Nishimonai shahrida har yili oʻtkaziladigan Bon raqsi bilan mashhur.
Nishimonai Bon Odori
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nishimonai Bon Odori (yaponcha: 西馬音内盆踊り ) har yili 16-18-avgust kunlari oʻtkaziladi. Bu marhum ajdodlariga hurmat va minnatdorchilik bildirish uchun namoyish etiladigan ramziy raqs dasturidir. U Yaponiyadagi eng yaxshi 3 ta bon raqslaridan biri hisoblanadi[5]. Bu taxminan 1280-yilda Nishimonaida oʻrim-yigʻim raqsi sifatida ijro etilgan. 1601-yilda Nishimonai xoʻjayini Onodera Shigemichi magʻlubiyatdan keyin oʻz qal’asini yoqib yuboradi va odamlar oʻz xoʻjayinini eslash maqsadida xarobalar orasida raqsga tushishadi. Bu ikki raqs XVIII asr oxirida birlashtirilib, raqsning soʻnggi mujassamlasgfan holati (XX asr boshlarida uni toʻxtatishga urinishlariga qaramay) hozirgi kungacha yetib kelgan. Bu yilning eng katta festivali boʻlib, butun Tohoku viloyatidan va umuman mamlakatdan odamlarni oʻziga jalb qiladi.
Festivaldan bir hafta oldin Bon Odori koʻchasidagi barcha doʻkonlar ochilib, anʼanaviy hanui (yaponcha: 端縫 ) kimonosi, amigasa (yaponcha: あみがさ ) shlyapalari va hikosa zukin (yaponcha: 彦三頭巾 ) niqoblarini namoyish etiladi.
Doʻkonlar va oziq-ovqat rastalari soat 5 da ochiladi. Raqs quyosh botishi bilan boshlanadi va taxminan 11 soat davom etadi.
Yukitopiya festivali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har yili oʻtkaziladigan Yukitopia Festivali (yaponcha: ゆきとぴあ七曲 Yukitopia nanamagari ) yanvar oyining oxirgi shanba va yakshanba kunlari boʻlib oʻtadi. Ot aravasi Nishimonay, Motonishi va Nana Magari togʻ yoʻli boʻylab Tashirodan oʻtib, belgilangan yoʻnalish boʻylab harakatlana boradi. Yoʻl qordan yasalgan kichik chiroqlar bilan bezatilgan boʻladi.
Ugolik taniqli odamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sato Nobuhiro, Meiji davrining siyosiy nazariyotchisi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ugo Town official statistics (yaponcha)
- ↑ Ugo population statistics
- ↑ Ugo climate data
- ↑ Orient Watch Factory Profile (Wayback Machine saytida 8-oktabr 2014-yil sanasida arxivlangan), Accessed 9 October 2014
- ↑ „日本三大盆踊り【西馬音内の盆踊り・郡上踊り・阿波踊り】│三大祭ガイド“. www.3maturi.com. Qaraldi: 20-iyun 2019-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb -sayt (yaponcha)