Ujgorod
Ujgorod — Ukrainaning Zakarpatye viloyatipagi shahar, viloyat markazi. Sharqiy Karpat togʻlarining etagida, Uj daryosining har ikkala sohilida. Transport yoʻli stansiyasi. Shosse yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 115,4 ming kishi (2022).
Arxeologik tekshirishlarga qaraganda U. 8—9-asrlarda barpo qilingan va oʻsha davrdan Kiyev Rusi, 11-asr oxiridan Vengriya qirolligi tarkibida. 18-asr boshlarida Avstriya (1867-yildan Avstriya-Vengriya) qoʻl ostida. 11-asrdan 1918-yilgacha Ungvar deb atalgan. 1938-yil noyabrdan Vengriya tarkibida. 1944-yildan Zakarpatye Ukrainasi tarkibida USSR ga kirgan, 1946-yildan Zakarpatye viloyati markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari: yogʻochsozlik va mebel (faneramebel kti), mashinasozlik va priborsozlik ("Ujgorodpribor", gaz apparaturasi), yengil sanoat (poyabzal, tikuvchilik fabrikalari), uyroʻzgʻor kimyosi, furnitura zavodlari, oziq-ovqat (goʻsht, non ktlari; margarin zavodi) sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shahar atrofida tokzorlar bor. Universitet, 2 teatr, badiiy, xalq meʼmorligi va turmushi, oʻlkashunoslik muzeylari, filarmoniya mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan: kasr (11-asr), kostyol (1762—67), yepiskop saroyi (hozirgi Un-t kutubxonasi, 17-asr) saqpangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |