Kontent qismiga oʻtish

Uklonskovit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uklonskovit — suvli sulfatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi 1964-yil Amudaryo quyi oqimi atroflaridagi neogen gillari orasidan topilgan. A. S. Ukloneniy nomi bilan atalgan. Qattiqligi 2, zichligi 2,4 g/sm3. Monoklin singoniyada kristallanadi. Yapalok,choʻziq prizmatik kristallar holida boʻladi. Rangsiz, shaffof, shishasimon yaltiraydi. Suvda erimaydi. Glauberit, astraxanit, poligalit minerallari bilan assotsiatsiyada uchraydi. Neogen yotqiziqlari paydo boʻlishi va undan keyingi diagenetik jarayonlar natijasida paydo boʻlgan deb taxmin qilinadi.