Ukraina bojxona xizmati kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

" Ukraina bojxona xizmati kuni " (ukraincha: «День митної служби України») ― har yili 25-iyundanishonlanadigan Ukraina bojxona xizmatining barcha xodimlari uchun milliy kasb bayramidir[1].


„Bojxona xizmati kuni“ SSSR parchalanganidan koʻp oʻtmay, 1992-yilda rasmiy davlat kasb bayrami maqomini oldi. 1992-yil 22-iyunda Ukraina Respublikasining poytaxti, qahramon shahar Kiyevda , Ukrainaning birinchi Prezidenti Leonid Makarovich Kravchuk, har yili 25-iyunda nishonlanadigan, № 353-sonli " Ukraina bojxona xizmati kuni " toʻgʻrisida farmonni imzoladi. Prezident Leonid Kravchukning farmonida, xususan, ushbu bayram: „Ukraina bojxona hududining birligi va yaxlitligini taʼminlash, xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashda bojxona xizmatining muhim rolini hisobga olgan holda“joriy etilgani aytilgan edi"[2]. Shunday qilib, ushbu bayramning taʼsis etilishi Ukraina rasmiylarining bojxona xodimlariga ogʻir va baʼzan xavfli mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirishi, deb aytish mumkin.

Ushbu bayram sanasi davlat rahbari tomonidan bejizga tanlanmagan. Aynan shu kuni, 1991-yilda Ukrainaning Oliy Radasi tomonidan „Ukraina bojxona xizmati toʻgʻrisida“ gi qonunini qabul qildi, u respublikaning Bojxona kodeksi bilan birgalikda davlat bojxona tizimini shakllantirish va mamlakatda bojxona ishini tashkil etishning qonunchilik asosiga aylandi.

2004-yilda Ukrainaning ikkinchi prezidenti Leonid Danilovich Kuchma bojxona xodimlariga ushbu kunga bagʻishlangan tabrik soʻzida quyidagilarni aytdi:

" Bojxona qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, kontrabanda yoʻllarini toʻsish orqali siz milliy xavfsizlikni mustahkamlaysiz va Ukrainaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga hissa qoʻshasiz. Sizlarning tinimsiz mehnatingiz, yuksak kasbiy mahoratingiz va vijdoningiz tufayli bojxona bundan keyin ham yurtning ishonchli tayanchi boʻlib qoladi, deb ishonaman. Doimo davlatimizning munosib vakillari boʻlib, uning xalqaro nufuzini mustahkamlang, xalqingizga sadoqat bilan xizmat qiling[3]."

Anʼanaga koʻra, „Ukraina bojxona xizmati kuni“da mamlakat rahbariyati va bojxona xizmatining amaldorlari oʻz qoʻl ostidagilarini ushbu kasb bayrami bilan tabriklaydilar va oʻz xizmati bilan ajralib turgan xodimlar davlat mukofotlari, harbiy unvonlar, esdalik sovgʻalari, hukumat faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadilar.

Ukrainaning Bojxona Kodekslari — 12.12.1991 № 1970-XII (bekor qilingan), 11.07.2002 № 92-IV (bekor qilingan) va 13.03.2012 № 4495-VI (01.06.2020-yil dan kuchga kirgan)

Sanʼatda Ukraina GTSi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Timur Shaov. „Ukraina orqali oʻtadigan tranzit poyezdi“ (qoʻshiq, 1997)[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]