Kontent qismiga oʻtish

Ukraina kristalli qalqoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ukraina kristalli qalqoniSharqiy Yevropa platformasi jan.gʻarbiy qismi fundamentining palaxsali koʻtarilishi. Dnepr daryosining oʻrta va quyi oqimi boʻylab choʻzilgan boʻlib, maydoni 200 ming km² atrofida. Burmalangan fundament meridional chuqur yoriqlar bilan VolinPodolsk, Belaya SerkovOdessa, Kirovfad, Dnepr oldi va Azov oldi bloklariga boʻlingan. Ukraina kristalli qalqoniq. katarxey granitgneyslari va turli shox aldamchisi — biotitli gneyslardan iborat. Bularga organik moddalarga boy jinslardan hosil boʻlgan fafit va fafitli gneys konlari yondashgan. Arxey kalin qatlamida asosli va oʻta asos jinslar hamda fanit intruziyalari bor. Krivoy Rog svitasining umumiy qalinligi 1500 m boʻlib, qumtosh, kvarsit, fillit, talk, seritsit, xloritli slanetslar va karbonat jinslaridan iborat. Ukraina kristalli qalqoniq.ning kristalli fundamenti joylarda kaynozoy yotqiziqlari bilan qoplangan. Ukraina kristalli qalqoniq.ga Krivoy Rog temir rudali xavzasi yondashgan. Kalqonni qoplagan togʻ jinslari bilan Dneprovsk qoʻngʻir kumir havzasi, Nikopol marganets rudalari koni bogʻliq.