Uligan (Haa Alif atolli)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uligan
އުލިގަން
Uligan (Haa Alif atolli) is located in Maldives
Uligan (Haa Alif atolli)
Maldiv orollaridagi joylashuvi
Koordinatalari: 7°05′00″N 72°55′40″E / 7.08333°N 72.92778°E / 7.08333; 72.92778 G OKoordinatalari: 7°05′00″N 72°55′40″E / 7.08333°N 72.92778°E / 7.08333; 72.92778 G O
Davlat Maldiv orollari
Geografik hudud Ihavandhippolhu
Hududiy tarkib Haa Alif Atoll
Malé(poytaxt)gacha masofa 327.97 km (203.79 mi)
Vaqt mintaqasi UTC+05:00 (MST)
Hudud kodlari 1283

Uligan yoki Uligamu (Dhivehi : އުލިގަން) — Haa Alif xalqasimon orolidagi aholi yashovchi orollaridan biri va geografik jihatdan Maldiv orollaridagi Ihavandhippolhu xalqasimon orolining bir qismi. Uligan orol kengashi tomonidan boshqariladigan orol darajasidagi maʼmuriy saylov okrugi.

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol poytaxt Malé shahridan 327.97 km shimolda joylashgan[1]. Uligan Hind okeani shimolidagi avanpost vazifasini ham bajaradi. U koʻplab Tailanddan yoʻlga chiqqan odamlar uchun Aden koʻrfazi kirish oldidan yoki Qizil dengizga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtib ketish yoʻlidagi soʻnggi toʻxtash joyidir.

Aholi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uligan aholisi jami 536 kishini tashkil qiladi: Ayollar 266, erkaklar 270.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
2006 267—    
2014 368+37.8%
2006-2014: Aholini ro'yxatga olish
Manba: [2]

Iqtisodiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol aholisining asosiy daromad manbalaridan biri orol yaqinidan oʻtuvchi yaxtachilarga esdalik sovgʻalari va kema anjomlari sotishdan iborat.

Orolda Haa Alif hududiga xizmat qiluvchi aeroport qurilishi rejalashtirilgan[3].

Energiya industriyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maldiv orollari Uligan hududida birinchigibrid oʻzgaruvchan tok bilan birlashtirilgan qayta tiklanadigan energiya mikro tarmogʻini ishga tushirish bilan tarixga kirgan. Bu jarayon qazib olinuvchi yoqilgʻilarga ehtiyojni kamaytiradi, oʻz navbatida bu global iqlim oʻzgarishini kamaytirishga hissa qoʻshadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Coordinate Distance Calculator“. Boulter.com. Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
  2. „Table 3.3: Total Maldivian Population by Islands“. National Bureau of Statistics. Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
  3. http://isles.egov.mv/Project/Index.aspx?lid=1&pid=39 (Wayback Machine saytida 2013-10-05 sanasida arxivlangan) ISLES39 — AIRPORT CONSTRUCTION PROJECT