Kontent qismiga oʻtish

Ulotriksnamolar qabilasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ulotriksnamolar qabilasi – Ulothrichales

Ulotriksnamolar qabilasiga kiruvchi suvoʻtlari shoxlanmagan ipsimon strukturali boʻlib, uchki hujayralari koʻndalangiga boʻlinishi hisobiga ipi uzunlashib boradi (masalan, ulotriks). Ayrim vakillari plastinkasimon tuzilishga ega boʻlsa-da (masalan, ulva), oʻsishining boshlangʻich davrida ipsimon tallom hosil qiladi. Ushbu qabilaning tipik vakillaridan biri ulotriksning (Ulothrix) ipi bir tckis joylashgan hujayralardan iborat boʻlib, pastki qismidagi rangsiz hujayrasi substratga yopishish vazifasini bajaradi (2.14). Xromatofori hujayra qobigʻi tagida plastinka shaklidagi uchlari birlashmagan bclbogʻni cslatadi. Ulotriks vegetativ hujayralarida 4 xivchinli zoosporalar hosil qilib, jinssiz yoʻl bilan koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishi esa izogamiya usulida boʻlib, ikki xivchinli gametalar yuzaga keladi.

Ulva (Ulva) dengizda yashovchi plastinkasimon suvoʻti boʻlib, rivojlanishining boshlangʻich davrida ulotriksga oʻxshaydi, lekin hujayralari uzunasiga boʻlinishi natijasida ikki qator hujayralardan iborat nozik plastinka hosil qiladi (2.15).

Ulvaning koʻpayishi ulotriksnikiga oʻxshash boʻlsa-da, ularda izomorf nasllarining gallanishi kuzatiladi.

Edogoniumnamolar qabilasi – Oedogonales. Ushbu qabilaga kiruvchi suvoʻtlarining tallomlari ipsimon strukturalarga ega boʻlib, oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, ipining ichki, vegetativ hujayralari boʻlinishi natijasida ularning qobigʻidan maxsus yoqachalar hosil boʻladi. Gcnerativ hujayralari (zoosporasi va spcrmatozoidlari) esa supurgisimon joylashgan koʻp xivchinlar hosil qiladi. Ushbu qabilaning tipik vakili edogonium (Ocdogonium) boʻlib, chuchuk suvlarda maxsus bazal hujayrasi yordamida substratga birikkan holda hayot kcchiradi (2.16). Xromatofori koʻp pirenoidli, elaksimon plastinka shaklida. Jinssiz koʻpayishda vegetativ hujayra ichida bitta, biroz ingichkalashgan tomonida supurgisimon joylashgan koʻp xivchinli zoospora hosil boʻladi. Jinsiy koʻpayish oogamiya usulida boʻlib, oogoniyda bitta tuxum hujayra, antcridiyda esa ikkita zoosporasiga oʻxshash koʻp xivchinli, lckin kichikroq spcrmatozoid yuzaga keladi. Otalangan tuxum hujayradan oospora hosil boʻladi. U tinim davrini oʻtagandan keyin toʻrtta zoospora hosil qiladi. Zoospora edogoniumning yangi tallomini vujudga kcltiradi. Oosporasi oʻsishdan oldin reduksion boʻlinganligi sababli vegetativ edogonium gaploid oʻsimlik hisoblanadi.