Ulugʻbek Toshkenboyev
Tashkenbayev Ulugʻbek | |
---|---|
Tavalludi |
21-iyun 1963-yil Samarqand shahri |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Sohasi | Fizika |
Ish joylari |
Samarqand davlat universiteti aspiranti, „Optika va spektroskopiya“ kafedrasi ilmiy xodimi, doktoranti, dotsenti, professori, Informatsion „texnologiyalarni tatbiq qilish va o‘quv diagnostika“ markazi boshlig‘i, pedagogika fakulteti dekani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi xizmati bosh konsultanti Guliston davlat universiteti rektori Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari Samarqand davlat universiteti rektori O‘zbekiston Kasaba uyushmalarining o‘quv markazi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi o‘rinbosari |
Turmush oʻrtogʻi | Tashkenbayeva Nodira Sharifovna |
Tashkenbayev Ulugʻbek (1963-yil 21-iyun; Samarqand shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — fizika-matematika fanlari doktori, professor. Guliston davlat universiteti hamda Samarqand davlat universitetiining sobiq rektori[1]. Ulugʻbek Tashkenbayev uzoq yillar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan[2][3]. 2023-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi o‘rinbosari.
Hayoti va ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ulugʻbek Toshkenbayev 1963-yil 21-iyun kuni Samarqand shahrida tugʻilgan. 1980—1985-yillarda Samarqand davlat universiteti talabasi boʻlgan. 1985—1988-yillarda Toshkent davlat universiteti „Amaliy fizika“ ITI filiali ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan. 1988—2004-yillarda Samarqand davlat universiteti aspiranti, „Optika va spektroskopiya“ kafedrasi ilmiy xodimi, doktoranti, dotsenti, professori, „Informatsion texnologiyalarni tatbiq qilish va o‘quv diagnostika“ markazi boshlig‘i, pedagogika fakulteti dekani sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2004—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi xizmati bosh konsultanti. 2005—2010-yillarda Guliston davlat universiteti rektori. 2010—2011-yillarda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari[4]. 2010—2014-yillarda Samarqand davlat universiteti rektori. 2014—2017-yillarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalarining o‘quv markazi direktori. 2017—2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i[5][6][7][8].
Ulug‘bek Tashkenbayev yetakchi taʼlim va ilmiy markazlarning tajribasini o‘rganish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash hamda tajriba almashish maqsadida Yaponiya, Fransiya, Avstriya, Ispaniya, Germaniya, Chexiya, Birlashgan Arab Amirliklari va qator MDH davlatlarining oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot markazlarida xizmat safarlarida bo‘lgan. Olim, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi O‘quv markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib, kasaba uyushma tizimida kadrlarni malakasini oshirish yo‘lida ilg‘or innovatsiyalarni tadqiq etish masalasini koʻtarib chiqqan. Shu maqsadda barcha respublikada faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich kasaba uyushma rahbarlarni va faollarni o‘qitish bilan qamrab olish maqsadida, MODUL dasturi yordamida masofaviy malaka oshirish kurslari joriy etildi. Shu bilan birgalikda, viloyat kasaba uyushma birlashmalarda o‘quv auditoriyalar tashkil etilib, uch kunlik malaka oshirish kurslar ham joriy etilgan. O‘tilayatgan fanlar bo‘yicha esa o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan[manba kerak].
Ulugʻbek Toshkenbayev 2023-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi o‘rinbosari.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ulugʻbek Toshkenbayev oilali, uch nafar farzandi bor[manba kerak].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Regional Knowledge Fair on Integrated Water Resources Management in Central Asia“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
- ↑ „Реформируя качество образования, ориентируясь на мировые стандарты“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
- ↑ „Ташкенбаев хорижда ўқимоқчи бўлган ёшларга олийгоҳ танлаш бўйича маслаҳат берди“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
- ↑ „ОЛИЙ ТАЪЛИМ“. 2022-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
- ↑ „“Oʻzbekistondagi Elseiver ilmiy kunlari” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
- ↑ „Хорижий олий таълим квалификацияларини тан олиш ва нострификация қилишга оид аризалар йилдан йилга ошмоқда“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
- ↑ „Руководители государственной Инспекции контроля за качеством образования при Кабинете Министров Республики Узбекистан посетили Андижанский государственный медицинский институт“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
- ↑ „Вазир таълим сифати ва самарадорлигини ўрганмоқда“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.