Umar Boqiy
Qiyofa
Umar boqiy (18-asr oxiri Xiva 19-asr boshlari) — yozuvchi. Alisher Navoiy "Xamsa"siga kirgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" dostonlarining nasriy variantlarini yaratgan. "Farhod va Shirin"ni asl matniga juda yaqin ifodalagan boʻlsa, "Layli va Majnun" bayonida matndan birmuncha chetga chiqqan. U. B. Navoiy dostonlarining gʻoyaviy mazmunini, obrazlar xarakterini saqlab, asliyatga nihoyatda yaqinlashtirgan. Dostonlarning muqaddima va xotima qismlarini tushirib qoldirib, xalq kitoblaridagidek, voqealarning asosan asar mazmuniga moye ravishda boshlanishiga erishgan.
Asarlari Toshkentda toshbosmada chop etilgan (1909, 1910).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kulliyoti Farhodu Shirin, T., 1908; Kitobi Majnun va Layli, T., 1909.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |