Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Umarxoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Umarxo‘jayev Muhammaddan yoʻnaltirildi)

Muhammad Umarxoʻjayev (1910.5.1 – Toshkent – 1984) – Oʻzbekiston xalq artisti (1968). 1931—80 yillar Hamza teatrida aktyor. Turdivoy (Uygʻun, I.Sulton, „Alisher Navoiy“), Tixon (A.Ostrovskiy, „Momaqaldiroq“), Doj (U.Shekspir, „Otello“), Saidobid (M.Shayxzoda, „Mirzo Ulugbek“), Zokir (A.Muxtor, „Samandar“) kabi rollari bilan tanilgan. Qahramon xarakterini boʻrttirib gavdalantirish, ularni koʻtarinki, joʻshqin ifodalash U. ijodiga xos[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil