Umarxoja Hoji
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Avliyo | |
---|---|
Ism |
Umarxoja Hoji |
Tavalludi |
|
Vafoti |
1877-yil |
Falsafa maktabi |
|
Umarxoja Hoji — (?—1877) — alloma va avliyo. Hazrat Umarxojaning nasablari quyidagicha: Hazrat Umarxoja Hoji ibn Sayidxoja ibn Sayid Avliyoxoja ibn Sayid Eshonxoja (Xonxoja) ibn Hazrat Sayid Musoxonxoja ibn Muhammad Isoxojai Dahbediy ibn Muhammad Boboxoja ibn Muhammad Roziqxoja ibn Abdulmo‘minxoja ibn Xoja Hoshim ibn Muhammad Amin (Xojai Kalon) ibn Hazrat Maxdumi Aʼzam quddisa asrorahum[1]. Hazrat Umarxoja naqshbandiya tariqatining ulug‘ piri, sohibkaromat avliyo bo‘lgan. Bu zoti sharif 1868-yil Rossiya Samarqandni bosib olganidan so‘ng bosqinchilarga qarshi xalqni kurashga boshlaganlar. Lekin bu vatanparvar kurashchilarga Buxoro Amiri Muzaffarxon (1860-1885 yillar hukmronlik qilgan) yordam bermaydi, shu bois ular yengildilar. Hazrat Umarxoja Samarqandning Dahbedidan Qarshiga hijrat qiladilar. Amir Muzaffarxon arobai xossalar (faytun) yuborib, ul zotni Buxoroyi sharifga olib keladi va vaqfiyai Shoh Axsiga (yani Buxorodagi Fayzobod xonaqohida) shayx qilib, boshlariga toj yanglig‘ yorliqni qo‘yib, mazkur xonaqohga sukunat qilganlaridan so‘ng, jami umaro va ulamoyu fuzalo irodatga yuz keltirganlar (yaʼni Hazrat Umarxojaga muridu muhib bo‘lganlar) va ul zot Buxoroda uch sifat birla mashhur bo‘lganlar, chunonchi, „eshoni hoji“, „eshoni g‘oziy“, „eshoni shayx“ deb aytur erdilar. Hazrat Umarxoja Dahbediy 1877-yil vafot etgan. U kishini Hazrat Poyanda Muhammad Shoh Axsi mozorlarida, yaʼni Fayzobod xonaqohining kun chiqar tomoniga dafn qiladilar. Ayni shu kunlarda ushbu ziyoratgoh obod etilgan[2].