Kontent qismiga oʻtish

Umid Turdialiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turdialiyev Umid Muxtoraliyevich
Andijon mashinasozlik instituti rektori
Mansab davri
2019-yil 28-iyundan – hozirgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1980-yil 4-aprel
Farg‘ona shahri
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Taʼlim Farg‘ona politexnika instituti
Ilmiy unvoni Texnika fanlari doktori
Maʼlumoti oliy
Vebsayti web.andmiedu.uz

Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev (1980-yil, Fargʻona shahri, Oʻzbekiston SSR)– Andijon mashinasozlik instituti rektori[1], texnika fanlari doktori[2].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umid Turdialiyev 1980-yilda tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2005-yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. Ish faoliyatini 1997-yilda Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumanida „Umid“ fermer xoʻjaligi mudirligidan boshlagan. 1999-2005-yillarda – Fargʻona politexnika instituti bakalavriat hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2005-2006-yillarda – Fargʻona shahar ekointel ilmiy ishlab chiqarish korxonasi muhandis-texnologi, 2006-2010-yillarda – Fargʻona viloyati hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi kotibi, yetakchi mutaxassis, 2010-2013-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti aspiranti, stajyor-tadqiqotchi, 2013-2017-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti Fosforli oʻgʻitlar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, 2017-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, 2018-2019-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari – Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori vazifalarida ishlagan. 2019-yildan hozirgi kunga qadar Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasida ishlab kelmoqda.