Umida Abduazimova
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umida Abduazimova - (1953-yil tug‘ilgan) shoira. Toshkent shahar Yunusobod tumani ''Bobodehqon'' mahallasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent davlat universitetining (O‘zMU) jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan. O‘qishni bitirgach, O‘zbekiston televideniyesi adabiy ko‘rsatuvlar muharririyatida ishlagan. 1990-95-yillarda ''Ma‘rifat'' gazetasida bo‘lim bosh muharriri va Bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida xizmat qildi. 1995-yildan buyon ''Tong yulduzi'' gazetasida Bosh muharrir lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]''Sevinchim''
''Seni ko‘rgim kelaveradi''
''Arazlamang''
''Salom, hayot''
''Qadimiy qo‘shiq''
''Oydin orzular''
''Umrim ziynati''
''Oymoma bog‘''
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]''O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi'' unvoni
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |