Kontent qismiga oʻtish

Umirbek laqqi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Umirbek laqqi — qoraqalpoq xalq latifalarining qahramoni. Umirbek 19-asrning 2yarmida oʻtgan tarixiy shaxe boʻlib, Chimboy sh. yaqinidagi ovulda yashagan. "Laqqi" uning xalq qoʻygan laqabi. Qoraqalpoq xalqining ogʻir qismati 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida yaratila boshlagan dostonlarda va Umirbek nomi bilan bogʻliq latifalarda oʻz aksini topgan. Bu latifalarda hazilkashlik, topqirlik, baʼzan esa hiylakorlikni ifodalovchi hangomalar Umirbek laqqi nomidan hikoya qilinadi. Uning nomi bilan bogʻliq latifalar "Qoraqalpoq xalq afsonalari ham latifalari" toʻplamida bosilib chiqqan (1962). Rus tilida "Anekdoti Omirbeka" ("Umirbek latifalari") toʻplami nashr etilgan (1977). "Ogonyok", "Krokodil", "Mushtum" va boshqa jur.larda bunday latifalardan namunalar berib borilgan. Nukus drama teatrida "Umirbek laqqi" komediyasi sahnalashtirilgan.