Kontent qismiga oʻtish

Umma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Umma (Arabcha: أمة‎) "jamoat", "xalq" ma'nolarini beradi. Islomadagi barcha musulmonlarni o'z ichiga olgan jamoa umma, (ummat ul-mu'minin) deyiladi va shu sababli biz umma deganda musulmon olamini tushunamiz. Umma (arab, ummat — maʼlum dinga eʼtiqod qiluvchilar jamoasi) — Madinada Muhammad izidan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi. Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa aʼzolari tushunilgan. Keyinchalik ummat umuman musulmonlar mazmunida talqin etilgan.