Kontent qismiga oʻtish

Umma (davlat)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Umma (shumercha Ubme) — Janubiy Mesopotamiyadagi qad. shahardavlat (hozirgi Iroqdagi Joxa sh. xarobasi). Mil. av. 3-ming yillikda Mesopotamiyada hukmron boʻlish daʼvogarlaridan biri. Mil. av. 24-asr oxirida U. Akkad podshosi Sargon tomonidan bosib olinib, Akkad davlati tarkibiga kiritilgan. Mil. av. taxminan 2200-yil gutiylar (kutiylar) bosqiniga uchragan. Mil. av. 21-asrda Shumer va Akkad podsholigi barpo etilgach (Urning III sulolasi), viloyat (okrug) markazi. Urning III sulolasi qulagach (mil. av. taxminan 2000-yil), ahamiyatini yoʻqotgan. Mil. 20-asr boshlarida Joxa sh. xarobasida mahalliy aholi tomonidan kuplab mixxat jadvallari (mil. av. 23— 21-asrlarga oid podshoning ibodatxona xoʻjaligi arxivi) topilgan. Bu yozuvlarg qad. Shumer jamiyatini oʻrganishda muhim rol oʻynaydi.