Unai Vencedor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Unai Vencedor
Vencedor 2022-yil Athletik Bilbao safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Unai Vencedor Paris
Tavallud sanasi 15-noyabr 2000-yil (2000-11-15) (23 yosh)
Tavallud joyi Bilbao, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Athletic Bilbao
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2017 Santutxu FC
2017—2018 Athletic Bilbao
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2020 Athletic Bilbao B 62 (5)
2020- Athletic Bilbao 63 (0)
Milliy terma jamoa
2018—2019 U17 Ispaniya futbol terma jamoasi 3 (0)
2021- U21 Ispaniya futbol terma jamoasi 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may 2022-yil (utc) uchun)

Unai Vencedor Paris (talaffuzi: Unay Vensedor Paris; 2000-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Bilbaoning „Athletic“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.

Vencedor 2019-yil Ispaniya U19 milliy futbol terma jamoa safida

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bilbao, Biskay, Basklar mamlakatida tugʻilgan Vencedor 2017-yilda „Santutxu“ klubidan „Athletic Bilbao“ klubining Lezama akademiyasiga kelib qoʻshilgan[1]. Keyingi yilning iyun oyida, professional futbolchi sifatida shakllanishni boshlagach, u toʻgʻridan-toʻgʻri mavsumoldi tayyorgarlik uchun klub zaxirasiga kelib qoʻshildi (terma jamoasiga odatiy qabul qilish marosimini oʻtkazib yubordi)[2] va 29-sentyabrda kattalar safida debyut qildi. 2-1 hisobida Segunda B divizioni safarida Real Ovyedo Vetustaga qarshi oʻyinda yutqazdi[3].

U 2018-yilning 15-dekabrida oʻzining birinchi yirik golini urdi va jamoasining ikkinchi golini oʻz maydonida „Kalahorra“ klubiga qarshi oʻyinda (3:2) kiritdi[4]. Olti kundan soʻng u „sherlar“ bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirshga muvaffaq boʻldi[5].

Vencedor oʻzining birinchi jamoasi va La Ligada debyutini 2020-yil 16-fevralda oʻz uyida CA „Osasuna“ klubiga 1:0 hisobida magʻlub boʻlganida boshlagan[6]. U oʻsha mavsumda boshqa maydonga tushmadi va oʻz faoliyatini davom ettirish uchun ijaraga olishni soʻragani haqida xabar berilgandi, ammo unga 2020—2021-yilgi mavsumda oʻrin uchun daʼvogar boʻlishi aytilgandi. U „Real Betis“ klubiga qarshi yana bir start oʻtkazishdan oldin 2020-yilning noyabr oyining oxirigacha kutishga toʻgʻri keldi[7], biroq oʻshandan beri u muntazam ravishda asosiy tarkib uchun tanlab olindi.

Jamoada oʻzini koʻrsatgan (jumladan, Ispaniya Superkubogida „Real Madrid“, keyin "Barselona " klublari ustidan gʻalaba qozongan)[8] 2021-yilning fevralida Vencedor „Athletic“ bilan 2025-yilning yoziga qadar davom etadigan yangi shartnomaga rozi boʻldi, tovon puli 40 million yevro[9].

Xalqaro darajadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vencedor 2019-yilda 19 yoshgacha boʻlgan[10] va 2021-yilda 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi musobaqada ishtirok etgan Ispaniyaning yoshlar terma jamoasi azosi hisoblanadi[11].Unai Vencedorning hozirgi transfer qiymati 18,8 million yevrodan 31,3 million yevrogacha miqdorda baholanmoqda. Unai Vencedorning soʻnggi transferlari va transfer mish-mishlari mavsum statistikasi va faoliyat statistikasi FootballTransfers reytingida mavjud[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 22-may holatiga ko`ra[12]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Athletic Bilbao 2018—2019 Segunda B divizioni 36 2 36 2
2019—2020 26 3 1 0 27 3
Jami 62 5 0 0 1 0 63 5
Athletic Bilbao 2019—2020 La Liga 1 0 1 0 0 0 2 0
2020—2021 28 0 4 0 2 0 34 0
2021—2022 34 0 1 0 0 0 35 0
Jami 63 0 6 0 2 0 71 0
Jami faoliyati 125 5 6 0 3 0 134 5

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Athletic Bilbao

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „El Athletic ficha a Unai Vencedor del Santutxu una de las jóvenes promesas del fútbol vizcaíno“ (ispancha). La Cantera de Lezama (29-mart 2017-yil). Qaraldi: 16-fevral 2020-yil.
  2. „Preseason with Bilbao Athletic“. Athletic Bilbao (19-iyun 2018-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  3. „Los tres puntos se quedaron en casa: Real Oviedo B 2–1 Bilbao Ath.“ (ispancha). El Español (29-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  4. „Bilbao Athletic 3–2 Calahorra“. Inside Athletic (15-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  5. „Renewals“. Athletic Bilbao (21-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  6. „La Copa distrae mucho“ (ispancha). Marca (16-fevral 2020-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  7. „Vencedor ha necesitado 281 días para ser titular....y no tiene seguro repetir en Getafe“ (ispancha). Marca (24-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 21-fevral 2021-yil.
  8. Bell, Arch. „Williams sinks Barcelona and Athletic claim the Supercopa“. Marca (17-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 21-fevral 2021-yil.
  9. Vencedor renews until 2025, Athletic Club website, 8 February 2021
  10. „Aitor Paredes y Unai Vencedor, reclutados con la sub 19“ (ispancha). El Desmarque (6-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 16-fevral 2020-yil.
  11. 11,0 11,1 Vencedor and Nico Williams make their Spain Under-21 debuts Athletic Club official website, 3 September 2021
  12. Andoza:BDFutbol
  13. „Acta del Partido celebrado el 17 de enero de 2021, en Sevilla“ (ispancha). Royal Spanish Football Federation. 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2021-yil.
  14. Lowe. „Real Sociedad beat Athletic to claim Copa del Rey and Basque glory“. The Guardian (3-aprel 2021-yil). Qaraldi: 19-aprel 2021-yil.
  15. Lowe. „Messi stars as Barcelona thrash Athletic Bilbao to lift Copa del Rey“. The Guardian (17-aprel 2021-yil). Qaraldi: 19-aprel 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Unai Vencedor at Athletic Bilbao
  • Unai Vencedor at BDFutbol
  • Unai Vencedor at LaPreferente.com (in Spanish)
  • Unai Vencedor at Soccerway

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]