Undalma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Undalma — soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet deb tasavvur qilingan hodisani bildiradigan soʻz yoki soʻz birikmasi. Undalma, kirishlar yoki kiritmalar kabi, gapni kengaytiradi, ammo uning boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. Undalma gap boshida ham, oʻrtasida ham va oxirida ham kelishi mumkin. Qiyoslang: Uka, bu ishlaring menga yoqmayapti; Bu ishlaring , uka, menga yoqmayapti; Bu ishlaring menga yoqmayapti, uka. Bolalar! Koʻchada ehtiyot boʻlinglar. Gap boshida undalma maxsus intonatsiya bilan aytiladi va baʼzan vokativ gap vazifasini bajaradi. Undalma, kirish, kiritma kabi, fikr bayonida muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali boʻlaklari sifatida qarash ham mavjud.