Kontent qismiga oʻtish

Universaliyalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Universaliyalar (lot. universalis — umumiy) — oʻrta asrlar falsafasidagi termin, umumiy tushunchalar (yoki gʻoyalar)ni bildiradi. Oʻrta asrlarda U. tabiati toʻgʻrisidagi baxslarda 3 ta asosiy yoʻnalish — nominalizm, realizm, konseptualizm paydo boʻldi. Nominalizmga koʻra, faqat alohida narsalargina real mavjud, umumiy tushunchalar — U. esa inson tafakkuri bilan yaratilgan nomlar, belgilar yoki atamalardan boshqa narsa emas (I. Rosselin, Ioann Dune Skot, U. Okkam va boshqalar). Realizmga koʻra, U. real maʼnaviy mohiyatdan iborat boʻlib, narsalarning substansiyayek hisoblanadi (Anselm Kenterberilik, Foma Akvinskiy va boshqalar). Konseptualizmga koʻra, U. narsalarning oʻxshashligiga asoslangan holda umumlashtirishdan iboratdir (P. Abelyar, Ioann Solsberiyskiy va boshqalar).

Hozirgi zamon fanlarining koʻpgina abstrakt tushunchalarini U. siz tushuntirib boʻlmaidi. Masalan, kompleks sonlar, irratsional qiymatlar, elementar zarralar tarkibini oʻrganishda qoʻllaniladigan abstrakt tushunchalar, kasr sonli zaryadli kvarklar, ekstensiv va intensiv cheksizliklar, kombinatorlar, matematik mantiqning timsollari U.ning bugungi kunda namoyon boʻlishidir.