Kontent qismiga oʻtish

Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi (IAU) oliy taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat tashkilotdir. U 130 ga yaqin davlatdagi 650 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlarini oʻz ichiga oladi.[1] IAU YUNESKOning rasmiy hamkori hisoblanadi.[2] IAU kotibiyati Parijda, YUNESKO shtab-kvartirasida joylashgan.

Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi1950-yil 9-dekabrda Nitssa shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro universitetlar konferensiyasida YUNESKO shafeligida tashkil etilgan. Uning maqsadi butun dunyo boʻylab oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish edi va shunday boʻlib qoladi.

Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasning boshqaruv organlari Bosh assambleya va boshqaruv kengashi hisoblanadi. Kotibiyat boshqaruv organlari tomonidan qabul qilingan strategiyani amalga oshiradi.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Xalqaro Universitetlar Assotsiatsiyasi dunyoning 130 ga yaqin davlatida 600 dan ortiq aʼzolarni (muassasalar, tashkilotlar, filiallar va assotsiatsiyalar) oʻz ichiga oladi.