Kontent qismiga oʻtish

Uretan kauchuklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Uretan kauchuklar - sintetik kauchuklar, diizotsianatlar bilan oddiy yoki murakkab efirlarning oʻzaro taʼsirida hosil boʻladigan mahsulotlar. Uretan kauchuklar sintezida boshlangʻich monomer sifatida adipin kislota va boshqa dikarbon kislotalar, dietilenglikol va boshqa glikollar, toluilendiizonatlar va boshqa izotsianatlar ishlatiladi. Uretan kauchuklar 3 xilga boʻlinadi: 1) quyma Uretan kauchuklar — sintez jarayonida vulkanizatsiya toʻri hosil qiladigan kauchuklar; 2) valiklanadigan Uretan kauchuklar — rezina i.ch.da oddiy texnologiya boʻyicha qayta ishlanadigan kauchuklar; 3) termoplastlar — plastmassa i.ch. texnologiyasi boʻyicha qayta ishlanadigan kauchuklar. Uretan kauchuklar zichligi 1210–1250 kg/m3. Uretan kauchuklar asosidagi rezinaning muhim xossalari: yeyilishga, oʻta chidamli (bu koʻrsatkich boʻyicha Uretan kauchuklar boshqa barcha kauchuklardan ustun turadi), choʻzilishga yuqori mustahkam (30—50 MPa), elastik (nisbiy uzayishi 400—700%), moylar va yonilgʻilarda boʻkmaydi, atmosfera va radiatsiyaga chidamli, gaz utkazuvchanligi past va boshqa Kamchiliklari — sovuqqa va issiqqa (qoʻllanish temperatura oraligʻi — 35 dan 100° gacha, qisqa muddat 130° gacha), suv, kislota va ishqorlar taʼsiriga chidamsiz. Uretan kauchuklardan poyabzal poshnalari va tagliklari, ulkan avtoshinalar, kabellar uchun qoplamalar, moy va benzinga chidamli zichlagichlar, radiatsiya va boshqalardan himoyalovchi kostyumlar tayyorlanadi.