Kontent qismiga oʻtish

Urethekau

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Urethekau
Jins ayol jins

Urethekau — qadimgi Misr mifologiyasida gʻayritabiiy kuchlar timsoli kobra-maʼbuda. Maʼbuda nomi „buyuk afsungar“ yoki „buyuk sehrgar“ deb tarjima qilinadi[1].

Himoya ramzi boʻlgan iloh sifatida u, koʻpincha, dafn marosimi buyumlarida, masalan, marhum oʻzini yerosti dunyosi xavf-xatarlaridan himoyalashi uchun qurol-yarogʻlarda tasvirlangan. Uning tasvirlari ayollar va emizikli onalarni himoya qiluvchi amulet boʻlgan fil suyagidan yasalgan pichoqlarda ham uchraydi[2].

Urethekau Misr tojdorlarining ilohiy kuchi timsoli hisoblangan. Tojdorlar maʼbudasi sifatida u ibodatxonada istiqomat qiluvchi ilon yoki sher boshli ayol boʻlgan[3]. U Ra-Xoraxtining rafiqasi sifatida paydo boʻlganida, boshi tepasida quyosh diski bilan tasvirlangan. Maʼbudani, koʻpincha, Isida[4], Sehmet[5], Mut[6] va boshqa maʼbudalar bilan tenglashtirilgan epitetlar mavjud.

  1. Barbara S. Lesko, The great goddesses of Egypt, University of Oklahoma Press, 1999, p 74
  2. „Weret-hekau | Ancient Egypt Online“ (en). Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
  3. Manfred Lurker, The Routledge Dictionary of Gods and Goddesses, Devils and Demons, Routledge 2004, ISBN 0-415-34018-7, p.192
  4. Lurker, op.cit., p.192
  5. Erik Hornung, Conceptions of God in Ancient Egypt: The One and the Many, Cornell University Press 1996, ISBN 0-8014-8384-0, p.284
  6. Carol A. R. Andrews, Amulets of Ancient Egypt, University of Texas Press 1994, ISBN 0-292-70464-X, p.37
  • Hornung, Erik Yagona va koʻp — Qadimgi Misrda Xudo haqidagi tushunchalar, 1982 va 1996, Kornel universiteti nashriyoti, Nyu-York, ISBN 9780801483844 p. 85n82, 284