Urganjiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Urganjiylar - etnografik guruh. U. asli xorazmlik boʻlgan, faqat Urganchda emas, balki Xorazmning turli xil shahar va qishloklarida istiqomat qilib kelganlar. Bu guruhning shakllanishi Chingizxon bosqini bilan bogʻliq. 1221-yil moʻgʻul qoʻshinlari Xorazmga hujum qilib yuz minglab odamlarni oʻldiradi. lily vaqtda xorazmliklarning bir qismi qirgʻindan qochib Movarounnaqr va Xuroson viloyatlariga koʻchib ketishgan. Koʻchib oʻtganlar oʻzlarini umumiy nom — U. deb atashgan. Ular bu yerlarda urganjiy qishloq va shaharlarda urganjiy mahallalariga asos soldilar. 18— 19-asrlarning 1yarmida iqtisodiy inqiroz va vabo tarqalishi tufayli Xorazmdan aholining bir qismi yana koʻchgan. U.ning eng katta guruhi Xorazmga qoʻshni boʻlgan Buxoro viloyatiga koʻchib oʻtishgan. 1924-yil maʼlumotlariga qaraganda Buxoro viloyatida jami 26 ming U. yashagan. 20-asrga kelib U.ning kichik guruhlari Samarqand, Navoiy, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari va Shimoliy Afgʻonistonda yashaganlar. U., asosan, oʻtroq dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shutullangan. U.ning bir qismi eski anʼanalarini saqlagan boʻlsa, asosiy qismi mahalliy aholi urfodatlarini qabul qilishgan.