Urinma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Urinma — kesuvchining limit holati. / egri chiziqqa uning A nuqtasida oʻtkazilgan U. quyidagicha aniqlanadi: / chiziqqa A dan farqli V nuqtani olib, AV kesuvchi oʻtkaziladi. V nuqta / egri chiziq boʻylab harakatlansa, AV kesuvchi A nukta atrofida aylana boshlaydi (rayem, 1). Bunda AV kesuvchi tayin bir limit holatga ega boʻlishi ham, boʻlmasligi ham mumkin. AV kesuvchining V nuqtasi / chiziq boʻylab harakatlanib, A nuqta bilan ustma-ust tushishga intilgandagi limit holati mavjud boʻlsa, u / chiziqqa uning A nuqtasida oʻtkazilgan U. boʻladi. AV kesma uzunligi nolga intilganda VAS burchak ham nolga intiladi. / egri chiziq uzluksiz boʻlsada, uning biror nuktasida ham U. mavjud (yaʼni AV kesuvchi limit holatga ega) boʻlmasligi mumkin. V nukta A ga turli tomondan intilishi va AV kesuvchi ikkita turli limit holatga ega boʻlishi ham mumkin (rayem,2). y=f(x) funksiya grafigining xy abssissali nuqtasida grafikka U. oʻtkazish masalasi mat.ning asosiy tushunchalaridan biri — hosila tushunchasiga olib kelgan masalalardan. y=f(x) funksiya grafigiga (x0, f[x0)) nuqtada oʻtkazilgan U.ning burchak koeffitsiyenti funksiya hosilasining x0 nuqtadagi qiymatiga tengdir: tgx=A*0). y=f(x) funksiyaning x0 abssissali nuqtasida oʻtkazilgan U. tenglamasi y=y[xo)+f (xo)(x—x0) boʻladi. Masalan, u=x2 parabolaga uning abssissasi xo=1 boʻlgan nuqtasida oʻtkazilgan. U. tenglamasi u=2x— 1 dan iborat; y=sinx funksiya grafigiga uning xa = abssissali nuqtasida oʻtkazilgan U. tenglamasi u=h boʻladi.