Urishbay Chomanov
Urishbay Chomanov | |
---|---|
Tavalludi |
1948-yil 2-yanvar Sho‘ralisoy qishlog‘i, Toshkent viloyati |
Istiqomat joylari | Toshkent, Qozogʻiston, SSSR |
Sohasi | oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyasi |
Chomanov Urishbay Chomanovich – oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyasi sohasidagi sovet va qozoq olimi, texnika fanlari doktori (1991), professor (1992), Qozogʻiston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasi akademigi (2003).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urishbay Chomanov 1948-yil 2-yanvar sanasida Toshkent viloyati, Shoʻralisoy qishlogʻida tugʻilgan.
1971-yilda Chimkent shahrida joylashgan Qozog‘iston kimyo-texnologiya institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1971—1975-yillar otaligʻida Jambul yengil va oziq-ovqat sanoati texnologik institutida dars bergan.
1976-yilda Moskva goʻsht va sut sanoati texnologik instituti qoshidagi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashning elektrofizik usullari muammoli tadqiqot laboratoriyasining aspiranturasiga oʻqishga kirgan. 1979-yilda „Gigroskopik xususiyatlarni tadqiq qilish va suv faolligini, goʻsht va goʻsht mahsulotlarining namligini aniqlash usullari va qurilmalarini ishlab chiqish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan
1980—1985-yillarda Semipalatinsk goʻsht va sut sanoati institutida ishlagan. 1986-yildan Moskva davlat amaliy biotexnologiya universitetining doktoranti boʻlgan. 1990-yilda esa „Oziq-ovqat mahsulotlarida namlik munosabatlarini tahlil qilish uchun termodinamik usullar va vositalarni ishlab chiqish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1991—1994-yillarda Semipalatinsk goʻsht va sut sanoati texnologik universitetida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimida ishlagan. 1995—2001-yillarda Qozogʻiston oziq-ovqat sanoati ilmiy-tadqiqot instituti direktori boʻlgan. 2001—2002-yillarda Olmaota texnologik universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlagan[1].
2007-yildan Qozogʻiston oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati ilmiy-tadqiqot institutida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologiyasi boʻlimi mudiri boʻlib ishlay boshlagan.
Ilmiy qiziqishlar yoʻnalishi: oziq-ovqat va goʻsht-sut sanoatida yangi texnika va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish.
Urishbay Chomanov 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 50 dan ortiq patent va ixtirolarga mualliflik guvohnomalariga ega[2]. „Goʻsht, sut, baliq mahsulotlari va muzlatgichlar ishlab chiqarish texnologiyasi“ va „Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari“ mutaxassisliklari boʻyicha ilmiy maktab tashkil etgan hamda uning rahbarligida 4 ta doktorlik va 8 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan[3].
1991-yilda Texnika fanlari doktori, 1992-yilda professor, 2003-yilda esa Qozog‘iston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasi akademigi unvonlariga ega boʻlgan. „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Чоманов Уришбай Чоманович“. www.metu.edu.kz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Чоманов Уришбай Чоманович — Автор — База патентов“. www.kzpatents.com. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Отдел технологии переработки и хранения сельскохозяйственной продукции“. www.rpf.kz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://nblib.library.kz/elib/library.kz/journal/%D0%A7%D0%BE%D0%BC%D0%B0%D0%BD%D0%BE%D0%B2%20%D0%A3.%D0%A7..pdf
- NAN RK. Ensiklopedicheskiy spravochnik. – Almati, 2016. – 186 s.
- foto https://rpf.kz/?p=314