Uron kislotalar
Qiyofa
Uron kislotalar - aldozalarning hosilalari. Umumiy formulasi SNO (SNON)I SOON. Aldozalardan birlamchi gidroksil guruhi (—SN2ON) oʻrniga karboksil guruhi (—SOON) borligi bilan farq qiladi. Kristall yoki amorf moddalar; uchmaydi, suvda va qutbli erituvchilarda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga koʻra, aldozalarga ham, oksikislotalarga ham oʻxshaydi. Tabiatda 6 uglerod atomli xrlida uchraydi (geksuron kislota). Ularning nomi tegishli geksozaga qarab belgilanadi (mas, glkjuron kislota glyukoza nomidan). Uron kislotalar hayvon va oʻsimliklarning biologik muhim biopolimerlari tarkibiga kiradi. D glyukuron kislota hayvon organizmida zaharli moddalarni yoʻqotishda qatnashadi va askorbin kislota biosintezida boshlangʻich mahsulot hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |