Kontent qismiga oʻtish

Urugʻchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ixtisoslashgan do'konda sabzavot urug'lari (Xitoy)

Urugʻchilik — oʻsimlikshunoslikning navdor urugʻlikni yalpi koʻpaytirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi; fan va i.ch. sohasi. Urugʻchilik urugʻshunoslik va seleksiya bilan chambarchas bogʻliq. Nav yangilash, nav almashtirish uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarining yuqori sifatli navdor urugʻligini yetishtirish usullarini ishlab chiqish va ekinlar urugʻini yalpi koʻpaytirish bilan shugʻullanadi. Urugʻchilikning asosiy vazifalari — yangi va rayonlashtirilgan navlarning qimmatli xoʻjalik sifatlarini sakdagan navdor uruglik yetishtirish; yangi navlarni takomil lashtirish; barcha xujaliklarni yuqori sifatli urugʻlik bilan taʼminlash; yangi navlarni jadal koʻpaytirish, i.ch.ga joriy etish va qulay rayonlarda joylashtirish. Urugʻchilik Rossiyada 19-asrning 2yarmida, Oʻrta Osiyoda rus olimlari ishtirokida 20-asr boshlarida vujudga kelgan. Oʻrta Osiyoda birinchi marta 1900-yilda qishloq xoʻjaligi tajriba st-yalari tashkil etildi. Ular Turkiston, Andijon, Mirzachoʻl, Ashxobod tajriba styalari boʻlib, ularda, asosan, gʻoʻza boʻyicha ish olib borilgan edi. 1910-yilda Turkiston tajriba stansiyasida (hozirgi R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti) don ekinlarining Turkiston mahalliy navlari ekilib, birinchi marta seleksiyaurugʻchilik nuqtai nazaridan oʻrganila boshlandi. Oʻrta Osiyoda gʻoʻza boʻyicha Urugʻchilik 1910-yilda tajriba muassasalarida urugʻlik ekinzorlari tashkil etila boshlagandan keyin paydo boʻldi. 1921—34 yillarda Urugʻchilik va seleksiyaning yagona tizimi ishlab chiqildi. 1925— 26 yillarda ilmiy Urugʻchilik shakllandi. Gʻoʻza Urugʻchilikgi boʻyicha ishlar 1925-yildan Turkiston seleksiya va urugʻchilikni nazorat qilish st-yasida olib boriddi. 1926-yilda Fargʻona, 1929-yilda Toshkent viloyatlarida sabzavot, poliz ekinlarining navli urugʻligini yetishtirish boʻyicha urugʻchilik xoʻjaliklari tashkil etildi. 1926—37 yillarda donli ekinlar Urugʻchilik bilan Kattaqoʻrgʻon va Milyutin (hozirgi Gʻallaorol) tajriba st-yalari shugʻullandi. 1927-yilda Andijonda birinchi elita ekinzorlari tashkil etildi. 1931-yilda donli ekinlarning navdor urugʻligi uchun davlat standarti tasdiqlandi, davlat navdor urugʻlik fondi tuzildi va yangi Urugʻchilik tizimi vujudga keldi. 50—60-yillarda ham Urugʻchilik tizimini shakllantirish ishlari davom ettirildi. 1965-yilda gʻoʻza, beda va boshqa oʻt ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi bilan shugʻullanadigan hozirgi Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, 1974-yilda gʻalla ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi bilan shugʻullanadigan Oʻzbekiston gʻallachilik instituti (sobiq Milyutin tajriba st-yasi) tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻz urugʻchilik bazasini yaratish, qimmatli navlarning genofondini saqlab krlish, respublikaning iqlim sharoitlariga moslashgan yangi nav va duragaylarini yaratish, qishloq xoʻjaligini serhosil va yuqori sifatli urugʻliklar bilan taʼminlash, urugʻchilikka jahon tajribasi yutuklarini joriy etish Urugʻchilikdagi asosiy vazifalarga aylandi. Bu masala davlat ahamiyatiga ega ekanligi eʼtiborga olinib 1996-yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasining "Urugʻchilik toʻgʻrisida" qonuni qabul qilindi. 1999 —2001-yillarda Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibida respublikada ekiladigan asosiy ekin turlari boʻyicha Urugʻchilik boshqarmalari tashkil etildi.

Oʻzbekistonda Urugʻchilik tizimining umumiy qoidalariga koʻra, ilmiy tadqiqot muassasalari (navlar mualliflari) superelita va elita urugʻligini yetishtiradilar (birlamchi Urugʻchilik) va ularni koʻpaytirish uchun respublikadagi boshqa ilmiy tadqiqot muassasalarining tajriba xoʻjaliklariga va qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlarining oʻquv xoʻjaliklariga beradilar. Bu xoʻjaliklar urugʻchilik xoʻjaliklarini urugʻlik material bilan taʼminlaydilar. Elita urugʻchilik xoʻjaliklaridagi urugʻlik ekinlar dalalarida oʻsimliklarni yetishtirishda navdor, sara va sifatli urugʻlik olishni taʼminlaydigan maxsus texnologiyalar qoʻllanadi. Oʻzbekistonda shakllangan hozirgi Urugʻchilik tizimi mamlakatda bugʻdoy, gʻoʻza, makkajoʻxori, beda, sabzavot va boshqa navli ekinlar maydonlarini 100% ga yetkazish imkoniyatini yaratdi. Urugʻchilikning hozirgigi zamonaviy tizimi gʻoʻza Urugʻchilik i, boshoqli don ekinlari Urugʻchiliki, sabzavot ekinlari Urugʻchiliki, kartoshka Urugʻchiliki, qand lavlagi Urugʻchiliki, makkajoʻxori Urugʻchilikgi, moyli ekinlari va oʻtlar Urugʻchilikgi va boshqalardan iborat. Gʻoʻza urugʻ chiligi tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: navlarni dastlabki koʻpaytirish, nav almashtirish, rayonlashtirilgan navlar urugʻini yangilash; urugʻlik chigit fondini tayyorlash, chigitni ekishga tayyorlash, xujaliklarni urugʻlik chigit bilan taʼminlash; urugʻchilik nazorati. rayonlashtirilgan yangi navning chigiti dastlabki koʻpaytirishdan soʻng elita urugʻchilik xoʻjaliklarining elita koʻchatzorlariga ekiladi. Olingan chigit keyingi yili yana xoʻjalikda ekilib, ulardan 1reproduksiya chigitlari olinadi, ular keyingi yillari urugʻchilik xoʻjaliklarida ekilib, 2 va 3reproduksiya uruglari yetishtiriladi. 3reproduksiya urugʻlari shu mintaqadagi boshqa paxtachilik xoʻjaliklarida ekiladi. 4reproduksiya chigitlari aksariyat texnika maqsadlarida xom ashyo sifatida ishlatiladi. Chigitni koʻpaytirishda elitadan 4reproduksiyagacha boʻlgan jarayon 5 yil davom etadi. Davlat reyestriga kiritilgan gʻoʻza navlarining elita uruglarini yetishtirish ikki uslubda: nav ichida chatishtirish oʻtkazish orkali yoki nav ichida chatishtirish oʻtkazmasdan olib boriladi.

Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi tizimi. Respublikada ishlab chiqilgan boshokli don ekinlari urutchiligi tizimiga asosan, Suyuriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar instituti va uning Gʻallaorol va viloyat filiallari nav mualliflari bilan birgalikda rayonlashtirilgan va istikbolli boshokli don ekinlari navlarining birlamchi urugʻchilik tizimini toʻla olib borgan xrlda elita urugʻchilik xoʻjaliklarini superelita urugʻlari bilan taʼminlaydi. Viloyatlardagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari elita va 1reproduksiya uruglarini yetishtirib maxsus urugʻchilik xoʻjaliklariga beradi. Ular elita va 1reproduksiya uruglarini 4reproduksiyagacha koʻpaytirib, oʻzlari va ularga birkitilgan xujaliklarni navdor, yuqori sifatli urugʻlik bilan taʼminlaydi.

Sabzavot va poliz ekinlari urugʻchiligi tizimi. Sabzavot va poliz ekinlarining deyarli hammasi chetdan changlanib urug tugadi, shu sababli ularning navdor urugʻlari oʻzga navlardan masofa bilan ihotalangan maydonlarda yetishtiriladi. Bunday navlararo oraliq masofalarning uzoqyaqinligi ekin turi ga qarab 50 m dan 2000 m gacha (karam, sabzi) buladi. Ikki yillik sabzavot ekinlarining navlari birinchi yilda birbiridan masofa orqali ihotalanmaydi. Urugʻlik maydonlarda nav tozalash ishlari olib boriladi. Bodringda nav tozalash ishlari 1marta oʻsimlik gullab naycha tukkanda boshlanadi. Urugʻlik mevalar tulik, pisha boshlagandan soʻng dala aprobatsiyasi utkaziladi.

Kartoshka urugʻchiligi tizimida respublikada rayonlashtirilgan navlarining navdor hamda birlamchi urugchiligi, chetdan keltirilgan navlar boʻyicha faqat navdor urugʻchilik ishlari olib boriladi. Birlamchi urugʻchilik 6 yillik sxemada (boshlangʻich sogʻlom oʻsimlikni tanlab klon olish, klonlarni birinchi yili sinash; klonlarni ikkinchi yili sinash; supersuperelita, superelita; elita) tashkil etilgan. Navdor kartoshka urugʻlari "Oʻzkartoshkanavurugʻlari" firma xoʻjaliklarida birinchi reproduksiya, shuningdek, ozuqabop kartoshka yetishtiradigan xoʻjaliklarning urugʻlik uchastkalarida 2—3reproduksiya urugʻlari yetishtiriladi. Ekiladigan tuganaklar vazni 60—80 g boʻlishi (ayrim hollarda 40—50 g lilardan xam foydalanish mumkin) talab etiladi. Uruglik uchun ekilgan maydonlar nav sofligini saqlash uchun fitopatologik tozalanadi — begona navlar hamda kasallangan usimliklar olib tashlanadi.