Kontent qismiga oʻtish

Ushuaia

Koordinatalari: 54°48′26″S 68°18′16″W / 54.80722°S 68.30444°W / -54.80722; -68.30444
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushuaia
Shahar
Skyline of Ushuaia
54°48′26″S 68°18′16″W / 54.80722°S 68.30444°W / -54.80722; -68.30444
Mamlakat Argentina
Provinsiya Tierra del Fuego
Departament Ushuaia Departamenti
Hukumat
 • Mer Walter Vuoto
Asos solingan 1884-yil 12-oktyabr (Augusto Lasserre)
Maydon 23 km2 (8.9 kv mi)
Markazi balandligi 23 m
Iqlim turi ET/Cfc
Aholisi
82,615
Zichligi 3,600 kishi/km2
Etnoxoronim Ushuaialik
Vaqt mintaqasi UTC−3
Telefon kodi +54 2901
Pochta indeks(lar)i V 9410
Ushuaia xaritada
Ushuaia
Ushuaia

UshuaiaArgentinaning Tierre del Fuego, Antártida e Islas del Atlántico Sur viloyati poxtaxti. 82,615 aholiga ega Ushuaia 54-chi janubiy kenglikdan janubda joylashgan va dunyodagi eng janubiy shahar hisoblanadi.

Ushuaia Isla Grande del Tierra del Fuego (Olovli yer) orolining janubiy qirg'og'ida, keng ko'rfaz bo'yida joylashgan. Shimolda Martial tog'lari, janubda Beagle bo'g'ozi bilan chegaralanadi. Shahar 9,390 km2 mahdonga ega Ushuaia departamentidagi yagona munitsipalitet hisoblanadi. Shaharga 1884-yil 12-oktyabrida Argentina dengiz kuchlari zobiti Augusto Lasserre asos solgan. Ma'muriy markaz bo'lishdan tashqari, Ushuaia kichik sanoat porti va turistik markazdir. Ushuaia Antarktida yarimorolidan tahminan 1,100 kilometr masofada joylashgan va xalqaro darajada tan olingan 5 Antarktida darvozalaridan biridir.

Isla de los Lobos

Ushuaia so'zi yaghan tilida ush va waia ("ko'rfaz") so'zlaridan olingan va "chuqur ko'rfaz" ma'nosini anglatadi. 1884-yilgi hujjatlarda joy nomi "Oshovia" sifatida tilga olinadi.[1]

Selk'nam hindu qabilalari Olovli yer oroliga tahminan 10,000 yil muqaddam kelib o'rnashgan. Bugungi Ushuaia hududida Yaghan (yoki Yámana) deb nomlangan, orol janubida yashovchi mahalliy qabilalar istiqomat qilgan bo'lib, ular orolning shimoldagi istiqomatchilari bilan tinimsiz urushlar olib borgan.

Ushuaiya shahridagi provinsiya ma'muriyati binosidan mahalliy arxitektura nafasi ufurib turadi

XIX asr ikkinchi yarmida orolning sharqiy qismida asosan Argentinalik bo'lmagan kishilar, jumladan bir qancha Britaniya fuqarolari istiqomat qilishgan. Argentina fuqarolari yoki hukumat vakillari kelmasidan ancha oldin Ushuaia manzilgohiga norasmiy tarzda Britaniya missionerlari asos solgan bo'lib, ular bu yerga Britaniya ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalaridan keyin kelgan. Kapitan Robert FitzRoy qo'mondonligi ostidagi Britaniya kemasi — HMS Beagle birinchi bo'lib 1833-yil 29-yanvarida Olovli yer orolida tadqiqot o'tkazish uchun chiqqan safari davomida o'z nomi bilan atalgan bo'g'ozga kirib keladi. Shaharga dastlab britaniyalik missionerlar tomonidan asos solingan bo'lib, nom sifatida Yámana (mahalliy qabila nomi) tanlangan.[2] Shahar va uni o'rab turuvchi mintaqaning ilk tarixi Lucas Bridges tomonidan 1948-yilgi "Yerdagi eng olis nuqta" ("Uttermost Part of the Earth", 1948) kitobida keltiriladi. Ushuaia nomi ilk marotaba Angliyadagi Janubiy Amerika missionerlik jamiyati xatlari va raportlarida tilga olinadi.[2] Britaniyalik missioner Waite Hockin Stirling 1869-yil 18-yanvardan sentyabr o'rtalariga qadar Yámana xalqi ichida yashagan va shu sabab Ushuaiada yashagan birinchi yevropalik hisoblanadi. 1870-yilda Britaniyadan qo'shimcha missionerlar keladi va kichik manzilgohga asos solinadi. Keyingi yili birinchi nikoh marosimi o'tkaziladi. 1872-yilda Olovli yer orolida 36 kishi suvga cho'milib, cho'qintirilgan, yettita nikoh marosimlari o'tkazilgan va birinchi yevropalik chaqaloq (Thomas Despard Bridges) dunyoga kelishi qayd etilgan. Ushuaiada barpo etilgan birinchi uy 1870-yilda Falkland orollarida rohib Thomas Bridges uchun oldindan tayyorlangan uch xonali uy edi. Xonalarning biri Bridges oilasi uchun, ikkinchisi nikoh qurgan Yámana juftligi uchun atalgan, uchinchi xona esa ibodatxona sifatida xizmat qilgan.

Janubiy Fuego temiryo'li

Thomas Bridges Yaghan tilini o'rganadi va ravon so'zlashuvchiga aylanadi. Undan tashqari u muayyan darajada Ona (o'rmonda yashovchi qabilalar) tilida ham so'zlashishni o'rganadi. Uning missionerlik faoliyati asosan Yaghan xalqlariga qaratilgan edi. "Yámana" so'zi Yaghan tilida shunchaki "xalq" degan ma'noni anglatadi. U Yaghan tilining birinchi lug'atini tuzgan bo'lib, qo'lyozmaning asl nusxasi bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanadi. Yaghan qabilalari yozish uchun qobiliyatga ham, zaruriy vositalarga ham ega bo'lmagani sababli Thomas Bridges tilning fonetikasiga mos alifbo ham yaratishga majbur bo'ladi. Asl qo'lyozma uch marta yo'qotilgan va boshqa nom ostida chop etilishiga oz qolgan. Ushbu til lug'atini yaratish davomida bittadan ortiq alifbolardan foydalanilgan. Salkam yarim asr o'tib qayta topilgan qo'lyozma keyin nashr etilgan. 1987-yilda lug'atni topishda va keyinchalik Thomas Bridges tomonidan amalga oshirilgan ishlar tarixini ommaga ma'lum qilishda Natalie Goodall tomonidan olib borilgan tadqiqotlar muhim bo'ldi.

1873-yilda dastlabki Argentina fuqarolari — Juan va Clara Lawrence Ushuaiaga maktabda dars berish uchun kelishadi. O'sha yili keyinchalik ikki marotaba Argentina prezidenti sifatida xizmat qiluvchi Julio Argentino Roca takror jinoyatchilar uchun koloniya tashkil etish (Avstraliyadagi Tasmaniya koloniyasi andozasida) tashabbusi bilan chiqadi. Bunga Argentinalik fuqarolar uchun muqim manzilgoh yaratish hamda Olovli yer orolining barcha qismlari ustidan Argentina nazoratini o'rnatish xohishi sabab bo'ldi.[3] Lekin faqat 1881-yilgi Chili va Argentina orasidagi chegara shartnomasidan keyin shaharcha va qamoqxona barpo etishga rasman urinishlar boshlandi.

1880-yillar davomida oltin konlari to'g'risidagi mish-mishlar ketidan ko'plab oltin qazuvchilari Ushuaiaga keladi, lekin bu mish-mishlar noto'g'ri bo'lib chiqadi.[4][5] 1884-yil 12-oktyabrida Janubiy Atlantika ekspeditsiyasining bir qismi sifatida Argentina dengiz kuchlari zobiti, Kommodor Augusto Lasserre Ushuaia sub-diviziyasini tashkil qiladi va ochilish marosimida missionerlar va dengiz kuchlari zobitlari ishtirok etadi. Don Feliz M. Paz Tierra del Fuego gubernatori deb e'lon qilinadi va 1885-yilda Ushuaia poytaxt sifatida belgilanadi. 1885-yilda shuningdek Antonio A. Romero boshchiligida hudud politsiya xizmati tashkil qilinadi va politsiya shtabi ham Ushuaia deb belgilanadi. Biroq, 1904-yilga kelib Argentina Federal hukumati Ushuaiani Tierra del Fuego poytaxti deb tan oladi. 1896-yilda prezident vazifasini bajaruvchi Roca rasman qamoqxona barpo etilganini e'lon qiladi.

Ushuaia bir qator epidemiyalardan aziyat chekkan bo'lib, qorin tifi, ko'kyo'tal va qizamiq kabi kasalliklar mahalliy aholi vakillarining qisqarib ketishiga sabab bo'ladi. Lekin Yámana xalqi rasman qayd etilmagani sabab o'lganlarning aniq soni ma'lum emas. Aholi ilk marotaba 1893-yilda qayd etilgan bo'lib, unda Ushuaiada 113 erkak va 36 ayol istiqomat qilayotgani tilga olinadi. 1911-yilga kelib Yámana xalqi amalda qirilib ketadi, shu sabab missiya ham yopiladi. 1914-yilgi aholini qayd etish natijalariga ko'ra aholi soni 1,558 kishiga oshgani qayd etilgan.

1930-yilda Ushuaiaga birinchi marotaba kelgan Angentina harbiy-dengiz kuchlari samolyoti

1896-yilda qamoqxonaga birinch mahbuslar olib kelinadi va ular asosan Buenos Airesdan keltirilgan xavfli va takror jinoyatchilar, shuningdek bir qancha siyosiy jinoyatchilar edi. 1903-yilda yaqin oradagi Puerto Golondrinada alohida harbiy qamoqxona ham ochiladi. 1910-yilda ikki qamoqxona birlashtiriladi va birlashgan qamoqxona majmuasi bugungi kunda ham saqlanib qolgan. XX asrning birinchi yarmida Argentina hukumati tomonidan Argentinalik aholi sonini oshirish va Tierra del Fuego ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida qamoqxona atrofida shahar barpo etiladi.[3] Qamoqxona takror jinoyatchilar uchun atalga bo'lib, Tasmaniyada Britaniya hukumati tomonidan, Iblis orolida Fransiya hukumati tomonidan qurilgan qamoqxonalar andozasida qurilgan edi.[3] Tierra del Fuegodan qochish ham xuddi shulardagi kabi qiyin bo'lgan, lekin ikki mahbuslar qamoqxonadan qochib, atrof hududlarda ikki hafta yashirinib yurishga muvaffaq bo'ladi. Shunday qilib, qamoqxona mahbuslari majburiy kolonistlarga aylantirilgan va vaqtlarining asosiy qismini qamoqxona atrofidagi o'rmonlardagi yog'ochlarni kesib, shaharchani barpo etishga sarflashgan. Ular tomonidan shuningdek manzilgohga tomon temir yo'l ham o'tkazilgan. Bu temir yo'l bugungi kunda Dunyoning eng chekkasiga boruvchi poyezd (Tren del Fin del Mundo) nomi bilan o'ziga turistlar jalb qiladi.

Argentina harbiy-dengiz kuchlari kemalari, Ushuaia

Qamoqxona 1947-yilgacha ishlaydi va mahbuslarning huquqlari poymol etilishi va shubhali amaliyotlar to'g'risidagi ko'plab xabarlardan keyin prezident Juan Domingo Perón buyrug'i bilan yopiladi. Qo'riqchilarning ko'pchiligi Ushuaiada qoladi, mahbuslar esa mamlakat shimolidagi boshqa qamoqxonalarga ko'chiriladi. Qamoqxona yopilganidan keyin binolar hududi Ushuaia harbiy-dengiz bazasining (Base Naval Ushuaia) bir qismiga aylantiriladi va 1990-yillar boshiga qadar ombor va ofis maydoni sifatida xizmat qiladi. Keyinchalik majmua Ushuaia dengiz muzeyiga aylantiriladi va bugungi kunda Museo Maritimo de Ushuaia nomi ostida hali ham mavjud.[6]

Ushuaiadagi harbiy-dengiz bazasi 1982-yildagi Falklands urushida ham faoliyat olib borgan. Keyinchalik Britaniya harbiy-dengiz kuchlari tomonidan cho'ktirilgan Argentina kruzeri — ARA General Belgrano Ushuaia portidan chiqqan va shu yerda 1996-yil fevralida kema uchun yodgorlik o'rnatiladi.

  1. Canclini, Arnoldo. Ushuaia 1884–1984. Hanis Association, 1984 — 529-bet. OCLC 252895269. „Because of the difficulty of native pronunciation (...) the variations of the spelling are enormous. (...) In 1938, the book Geographical nomenclature and technical terminology, Santiago, Chile, reported eighteen variants.“ 
  2. 2,0 2,1 Every, Right Rev. Edward Francis (1915). "The South American Missionary Society". The Anglican Church in South America. London: Society for Promoting Christian Knowledge.
  3. 3,0 3,1 3,2 "Ushuaia Historia y leyendas". InterPatagonia.
  4. "Historia de Ushuaia". Welcome Argentina.
  5. "Ushuaia". Argentour.com.
  6. "Museo Maritimo de Ushuaia".