Usmon taka raqsi
Usmon Taka raqsi (albancha: Vallja Çame e Osman Takës; grekcha: Οσμαντάκας or Σαμαντάκας) Albaniya va Gretsiyadagi anʼanaviy raqs[1]. Albaniyada asosan Cham albanlari bu raqsga tushadi. Bu raqs 19-asrda Usmonli qoʻshinlariga qarshi kurashgan musulmon Cham alban partizan jangchisi Usmon Taka nomi bilan atalgan[2]. Bu qadimgi „Çamche“ raqsining Albaniya Cham repertuaridan mashhur variantidir[3][4][5].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmon Taka Yanina shahrida qamoqqa olingan va oʻlimga hukm qilingan. Undan soʻnggi tilagini aytishni soʻrashganda, u raqsga tushmoqchiligini aytgan. Xalq anʼanalariga koʻra, uning raqsi shunchalik goʻzal ediki, Usmonli armiyasining mahalliy alban jandarmlari uni qatl qilmadilar. Bir necha kun oʻtgach, u yana Usmonli hukumatiga qarshi kurashda Konispolda qoʻlga olindi va oʻldirildi[4][6].
Ijro etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raqs raqqosaning „harakati, uslubi va nafisligi“ ga urg'u berib, qattiq tempga amal qiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Osmantakas“ (en). www.dance-pandect.gr. Dora Stratou Theater Database. Qaraldi: 2017-yil 18-fevral.
- ↑ Shetuni, Spiro J.. Albanian Traditional Music: An Introduction, with Sheet Music and Lyrics for 48 Songs. McFarland, 10 January 2014 — 41-bet. ISBN 9780786486304.
- ↑ Koço, Eno. A Journey of the Vocal Iso(n). Newcastle upon Tyne: Cambridge Scholars Publishing, 2015 — 14–16-bet. ISBN 978-1-4438-7578-3.
- ↑ 4,0 4,1 Jaffé, Nigel Allenby. Folk dance of Europe. Folk Dance Enterprises, 1990 — 207–208-bet. ISBN 9780946247141.
- ↑ Pistrick, Eckehard „Whose is the song? Fieldwork views on multipart singing as expression of identities at South Albanian border“, . Balkan border crossings: First annual of the Konitsa Summer School. Lit Verlag, 2008 — 371-bet. ISBN 9783825809188. "In the case of a dance known in Southern Albania as "dance of Osman Taka" and in northern Greece as "Tsamiko. [23]"... Footnote "[23] In some parts of northern Greece also termed "Osman Taka" and Samantaka."; p. 375.
- ↑ Anamali, Skënder and Prifti, Kristaq. Historia e popullit shqiptar në katër vëllime. Botimet Toena, 2002, ISBN 99927-1-622-3.