Kontent qismiga oʻtish

Usmonli-serb urushi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Usmonli-serb urushi
Serblarning mustaqillik uchun birinchi urushi

Sanalar 1876-yil 30-iyun—1877-yil 28-fevral
Urush yeri KOsovo, Serbiya
Sabab Bosniya-Gersegovinani tiklash
Natija Usmonli g'alabasi
Raqiblar
Serbiya knyazligi

Chernogoriya knyazligi Bolgar ko'ngillilari Rus ko'ngillilari

Usmonli imperiyasi
Qoʻmondonlar
Milan Obrenovich

Mixail Chernyayev Nikifor Duchich Mixail Ilich Milan Sandich

Abdukarim Nodir posho

Usmon Nuri posho Ahmed Muxtor posho Suleyman posho

Kuchlar
89,000-100,000 90,000-139,000
Yoʻqotishlar
1,500 1,000

Usmonli-Serb urushi (serb. Hertsegovachki ustanak 1876 — 1877), Turk-Serbiya urushi yoki Birinchi Turk-Serbiya urushi — 1876-1877-yillar oraligʻida Usmonlilar imperiyasi va Serbiya knyazligi oʻrtasidagi urush.

Serbiya va Chernogoriya tomonidan norasmiy ravishda qoʻllab-quvvatlangan Bolqonda Usmonli qoʻshinlariga qarshi bir qator qoʻzgʻolonlar boshlandi (Masalan, Gersogevina qoʻzgʻoloni). Chernogoriya va Serbiya 1876- yil 18-iyunda Usmonli imperiyasiga urush eʼlon qildi. Iyul-avgust oylarida Usmonli yerlariga yomon tayyorgarlik koʻrgan va yaxshi jihozlanmagan serb armiyasi va rus koʻngillilari tomonidan hujumlar uyushtirildi. Bunga javoban turk armiyasi Serbiya armiyasini o‘z chegaralaridan quvib chiqardi va Serbiya hududiga kirdi[1]. Endi bu turklar uchun bosqinchilik urushi fatida davom etdi. Biroq Serbiya armiyasi bo‘linmalari turk armiyasini to‘xtata oldi. Avgust oyining oxirida Yevropaning buyuk davlatlari ikkala tomonni ham tinchlikka chaqirishdi. Bir oylik sulh bitimi imzolandi. Yevropa davlatlari tinchlikka rozi boʻlmagan serblarga bosim oʻtkaza boshladilar. Ayni paytda Usmonli imperiyasi taklif qilgan tinchlik shartlari Yevropa davlatlari tomonidan rad etildi[2]. Oktyabr oyida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tugaganidan so‘ng Turkiya armiyasi hujumni davom ettirdi. Bu safar Serb armiyasi qarshilik ko'rsata olmadi va orqaga chekinishni boshladi. Natijada, 1876-yil 31- oktyabrda Rossiya Usmonli imperiyasiga 48 soat ichida qo'shinlarini to'xtatishi va Serbiya bilan yangi sulh tuzishi kerakligi haqida ultimatum qo'ydi. Rossiya armiyasida qisman safarbarlik e'lon qildi va Serbiyani qo'llab-quvvatlash uchun 20 ta diviziyadan iborat armiya tuzdi. Ushbu vaziyat natijasida Usmonli imperiyasi Rossiyaning ultimatum shartlarini qabul qilganligini e'lon qildi[3]. Ushbu urushdan soʻng darhol Usmonli imperiyasi va Rossiya imperiyasi oʻrtasida 93 urushi boshlandi. 1877-1878-yillari Usmoniy davlati bilan Rossiya oʻrtasida yuz bergan urush, Usmoniylarning magʻlubiyati bilan tugadi. Rus qoʻshini gʻarbdan Yeshilkoʻyga (sobiq Ayastefanos), sharqdan Erzurumgacha keldi. 1878-yilning 3-martida Usmoniy davlatining tinchlik taklifi ortidan (Rus qoʻshinlari bosh qoʻmondoni Nikolay turklarning bu iltimosini qabul qilgan edi) Istanbulning Yeshilkoʻy tumanidagi San-Stefano qishlogʻida tinchlik shartnomasiga qoʻl qoʻyildi. Bu shartnoma juda ham ogʻir shartlarni oʻz ichiga olgan. Urush rus qoʻshinlarining hal qiluvchi gʻalabasi bilan yakunlandi. Urush oxirida San-Stefano shartnomasi va Berlin kelishuvlari bilan Serbiyaga mustaqillik berildi. Natijada, Serbiya, Chernogoriya va Ruminiya toʻliq mustaqillikka erishadi va chegaralari kengaytiriladi[4].


Jadval
Mamlakatlar 1876 yildagi aholi soni qoʻshinlar Oʻldirilgan Yaralangan Jarohat bilan vafot etgan
Serbiya 1 600 000 100 000 877 2999 1534
Chernogoriya 115 000 28 000 Aniq maʼlumotlar yoʻq Aniq maʼlumotlar yoʻq Aniq maʼlumotlar yoʻq
Jami 1 715 000 128 000 5877
Usmonli imperiyasi 41 000 000 139 000 1000 2000
Jami 42 715 000 267 000 6877