Kontent qismiga oʻtish

Joʻraxon Usmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Usmonov Joʻraxondan yoʻnaltirildi)
Joʻraxon Usmonov
Tavalludi 12-fevral 1923-yil
Sovot qishlogʻi, Turkiston ASSR (hozirgi Yangiobod tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston)
Vafoti 14-fevral 1945-yil(1945-02-14)
(22 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari 237 oʻqchi polki
69 oʻqchi diviziya
Xizmatdagi yillari 1942–1945
Unvoni Leytenant
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari


Joʻraxon Usmonov (1923.12.02 – Sirdaryo viloyati hozirgi Xovos tumani Sovot qishlogʻi — 1945.14.2, Toshkent) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, katta serjant. 1942-yil martdan frontda 237 oʻqchi polki (Markaziy front 65 armiyaning 69 oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri yordamchisi. 1943-yil 29-sentabrda Karpovka qishlogʻida (Gomel viloyatining Loyev tumani) Soj daryosini kechib oʻtishda jasorat koʻrsatgani uchun 1944-yil 15-yanvarda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni [1]. Sovet Ittifoqi Qahramoni berilgan vaqtda — katta serjant, soʻng leytenant unvonini olgan.

Qishloqdagi maktab va Xovos posyolkasidagi koʻcha uning nomi bilan atalgan.[2]

Joʻraxon Usmonov 1923-yil 12-fevral kuni Oʻzbekistonning Xovos tumanidagi Sovot qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Millati — oʻzbek. Dzerjinskiy nomidagi kolxoz komsomol tashkilotining kotibi boʻlgan.

U 1942-yilda Qizil armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil mart oyida front hududiga joʻnatilgan. U 237-piyoda polkining vzvod komandiri yordamchisi darajasiga qadar ko‘tarildi. 1943-yilda KPSS aʼzosi boʻldi[3].

1943-yil 29-sentyabrga oʻtar kechasi leytenant Ozerovning vzvodi Belorussiyaning Gomel viloyati Loevskiy tumanining Karpovka qishlogʻi yaqinidagi Soj daryosidan oʻtishni boshlagan. Daryodan muvafaqqiyatli oʻtib olishgan. Dushman qoʻshinlari umidsiz oldinga oʻtib, oʻttizdan ortiq qarshi hujumlarni amalga oshirganlar. Ushbu hujumlar natijasida daryodan oʻtganlardan faqatgina 9 kishi omon qoldi. Oʻq-dorilar tugadi. Shunday ogʻir vaziyatda Joʻraxon Usmonov jang maydoniga chiqib, oʻq patronlarini yigʻishni taklif qiladi. Jang maydonidan yigʻilgan oʻq-dorilar qoʻshimcha kuchlar kelgunga qadar yetarli boʻladi[4].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining „Qizil Armiya generallari, ofitserlari, serjantlari va oddiy askarlariga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini berish toʻgʻrisida“gi 1944-yil 15-yanvardagi farmoniga binoan „Nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontidagi jangovar topshiriqlarini namunali bajargani va bir vaqtning oʻzida koʻrsatilgan jasorati va qahramonligi“ uchun katta serjant Joʻraxon Usmonov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va Qizil Yulduz ordeni (№ 1659) bilan mukofotlangan.

Sojin koʻprigida jang qilgandan soʻng, Joʻraxon Usmonov kichik leytenantlar uchun qisqa muddatli armiya kurslarini tugatdi va oʻz diviziyasiga batalyon komsomol tashkilotchisi sifatida qaytdi. U Dneprning oʻng qirgʻogʻidagi janglarda qatnashgan, Kalinkovichi-Mozir operatsiyasi paytida Belorussiya Polesieni ozod qilgan. 1944-yil 15-martda u kasallik tufayli 4319-sonli dala koʻchma kasalxonasiga evakuatsiya qilindi va tuzalib ketgach, frontga yana qaytdi. 1944-yil oxirida gvardiya leytenanti Usmonov ogʻir yaralanib, 1264-sonli evakuatsiya gospitaliga (Toshkent) joʻnatiladi, u yerda 1945-yil 14-fevralda jarohat natijasida yuzaga kelgan asoratlardan vafot etdi.

Joʻraxon Usmonov oʻzi tugʻilgan Sovot qishlogʻida dafn etildi.

Sovet Ittifoqi Qahramoni Jo'raxon Usmonov abadiy harbiy qism ro'yxatiga kiritilgan. Tug‘ilgan qishlog‘idagi (Sovot qishlogʻi) maktab va Sirdaryo viloyati Xovos shahridagi ko‘chaga o‘zbek xalqining ulug‘vor farzandi nomi berilgan. Toshkentda qahramon haykal byusti o‘rnatilgan[5].

  • Казакова А. С. Ими гордится Родина. Ташкент, 1961.
  • Кириллов П. П. Оставшийся в легенде. М., 1983.
  • Навечно в строю. Книга 5. М.: Воениздат, 1966.
  • Навечно в строю. Книга 7. М.: Воениздат, 1980.
  1. Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Советского Союза генералам, офицерскому, сержантскому и рядовому составу Красной Армии» от 15 января 1944 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик : газета. — 1944. — 23 января (№ 4 (264)). — С. 1.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Усманов Джурахон“. Pobeda1945.su (2011-yil 14-fevral). Qaraldi: 2014-yil 5-yanvar.
  4. „Аллея Героев-II“. Vesti.uz (2005-yil 13-aprel). Qaraldi: 2014-yil 5-yanvar.
  5. Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Советского Союза генералам, офицерскому, сержантскому и рядовому составу Красной Армии» от 15 января 1944 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик : газета. — 1944. — 23 yanvar (№ 4 (264)). — С. 1.