Usmonxon Olimov
Alimov Usmonxon Temirxon oʻgʻli | |
---|---|
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi | |
Mansab davri 2006-yil 5-yanvar – 2021-yil 15-avgustgacha | |
Oʻtmishdoshi | Abdurashid Bahromov |
Vorisi | Nuriddin Xoliqnazarov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-yanvar 1950-yil Samarqand |
Vafoti |
15-avgust 2021-yil (71 yoshda) Moskva |
Mukofotlari |
Usmonxon Temirxon oʻgʻli Alimov (1950-yil 1-yanvar, Ishtixon tumani – 2021-yil 15-avgust[1]) — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi (2006—2021), muftiy.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni oʻsha tuman 57-oʻrta umumtaʼlim maktabida olgan.
1987-yilda Toshkent islom institutini tamomlagan.
1987-2000 - Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidi imom-xatibi.
2000-2006-yillarda Payariq tumani bosh imom-xatibi, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi lavozimlarida ish yuritgan.
2006-yil yanvarda Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi bosh muftiyi etib saylangan.
2020-yilda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlangan[2][3]
2021-yil 15-avgustda vafot etgan. Ishtixon tumanida dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Муфтий Усмонхон Алимов вафот этди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ Муфтий Усмонхон Алимовга «Эл-юрт ҳурмати» ордени топширилди
- ↑ arxiv nusxasi, 2012-04-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-10-03
- 1-yanvarda tugʻilganlar
- 1950-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- 15-avgustda vafot etganlar
- 2021-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Buxoro madrasalarida tahsil olganlar
- Mir Arab madrasasida tahsil olganlar
- Toshkent islom instituti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston Bosh muftiylari
- Oʻzbekistonlik sunniylar