Uspenskiy sobori (Toshkent)
Tangri Onasi Vafoti kafedral sobori-jome’si (shuningdek, „Gospital cherkovi“) — Rus pravoslav kafedral cherkovining Oʻrta Osiyo Metropolit okrugiga qarashli Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasidagi pravoslav sobori.
U Toshkent shahrida Avliyoota koʻchasi, 91-uy, markaziy temir yoʻl vokzalidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ehrom qurilishi 1877-yilda Toshkentdagi gospital qabristoniga 1871-yilda qurilgan Panteleimon cherkovining eski binosi oʻrniga qad rostlagan. Uning qurilishi uchun mablagʻni shahar aholisi ehsonidan olingan: masalan, Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman 3000 rubl ajratgan. Eng katta sarmoyani birinchi gildiyaning toshkentlik savdogari Dmitriy Zaxo kiritgan, u keyinchalik bu yerda 15 yil mobaynida cherkov boshligʻi boʻlib xizmat qilgan[1].
Ushbu qadamjo 1878-yilda qurib-bitkaziladi, 1879-yil 31-yanvarda ehrom buyuk shahid va tabib Panteleimon sharafiga qoʻyiladi.
1922-yilda, Markaziy Osiyodagi koʻpgina cherkovlar qatori, bu ehrom Rus cherkovi Sinod Pravoslav qoʻliga oʻtadi. 1933-yilda erom diniy xizmatlar uchun yopiladi, shundan soʻng bino 1945-yilgacha Oʻrta Osiyo harbiy okrugining sanitariya omboriga aylantiriladi. 1945-yil dekabr oyida cherkov maishiylarga qaytariladi, shundan soʻng u Bibimaryam jome’si nomi bilan yuritila boshlanadi; bir vaqtning oʻzida u Toshkent yeparxiyasi sobori maqomini ham oladi. 1958—1960-yillarda episkop Ermogen (Golubev) davrida bino qayta quriladi va ahamiyatli darajada kengaytiriladi[2].
1990-yillarning boshlarida soborning qoʻngʻiroq minorasi va uning gumbazlari qayta qurildi, soborga tutash hudud kengaytiriladi va obodonlashtiriladi, soborning ichki qismi ham hashamatli koʻrinish kasb etadi. 1996-yil 10-noyabrda Moskva va Butunrus patriarxi Aleksiy II Toshkentga tashrifi chogʻida soborda diniy xizmatni amalga oshiradi.
2014-yilda mazkur cherkovda ichida dafn marosimi uchun qoʻshimcha tarzda Luko ehromi qurishga qaror qilinadi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Ma'badning markaziy qismi.
-
Muqaddas suv manbai.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „orexca.com“. 26-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2007-yil.
- ↑ „Архиепископ Ермоген (Голубев)“. 31-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2013-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pravoslavie.uz saytida ibodatxona manzili
- Lopatko L. P. Toshkent cherkovlari
- „Первые христианские захоронения в Узбекистане“. Ни давности — ни забвения.
- Markaziy Osiyoda xristianlik tarixi