Kontent qismiga oʻtish

Usta Charmgar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Usta CharmgarBuxoro viloyati, Buxoro tumani Yangi turmush mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi aholi pukti nomi. Toponim „ust“a va „charmgar“ soʻzlari qoʻshilmasidan paydo boʻlgan. Usta — „biror kasb-hunar bilan shugʻullanuvchi malakali mutaxasis“, „maʼlum kasb yoki hunarni egallashga oʻrgatuvchi rahbar, master, ustoz“, „biror ishni mohirlik bilan bajargan mohir“, „atoqli ot oldidan kelib, shaxsning biror kasb-hunar mutaxasisi ekanligini bildiradi“ kabi maʼnolarni anglatadi. Xalq orasidagi rivoyatlarga koʻra Usta Charmgar qishlogʻi yon tomonida katta tepalik (hozir qabriston) mavjud boʻlgan. Ana shu tepalik atrofi yulgʻunzor, paxtazor, qamishzordan iborat boʻlib, aholi oʻz chorva mollarini boqishgan. Oʻsha davrda qishloqda ikki-uch hovliga ega ustalar ham yashab, ular tepalik yon bagʻrida oʻchoqlar qazib, oʻttiztacha katta qozonga qoramol va echki terilarini solib, qopqoq oʻrnida hoʻl xashak yopib, bogʻ chiqmasligi uchun qalin loysuvoq qilib, qozonlarni qaynatganlar. Bir hafta oʻtgach, qozonlar ogʻzi ochilib, juni toʻkilgan terilar olingan va qayta ishlov berilib, tayyor charmlar buxorolik etikdoʻz va mahsidoʻzlarga sotilgan. Shundan kelib chiqib, qishloq nomi Usta Charmgar deb yuritila boshlangan[1]. Halim To’rayev oʻzining Buxoro toponomikasi kitobida Charmgar qishloq sifatida tilga olingan va charmgar toponimi "charm tayyorlovchilar maʼnosini anglatgan. Halim Toʻrayev Usta Charmgar aholi punktini shu kasb bilan shugʻullanadigan aholining yashash manzili sifatida tilga olgan. Ushbu qishloq hozirgi kunda Buxoro tumani Yangi turmush mahalla fuqarolar yigʻiniga tegishli qishloq[2].


  1. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet. 
  2. Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.