Usuli savtiya
Usuli savtiya (arab. — tovush usuli) — xatsavod oʻrgatish usullaridan. Bu usulda soʻzning eng kichik boʻlagi, yaʼni nutq tovushlarini izchil idrok etish (analitik tovush usuli) va nutq tovushlarini yozuv belgilari (harflar) opkali tiklash asos qilib olinadi. Koʻp tillarda, jumladan, oʻzbek tilida savod oʻrgatish analitiksintetik tovush usuliga, yaʼni analitik va sintetik tovush usullarini uzviy bogʻlab olib borish tamoyiliga asoslanadi. Analitik tovush usulini dastlab fransuz pedagogi J.Jakoto (19-asrning 30-yillarida), sintetik tovush usulini nemis pedagogi G. Stefani (19-asr boshlarida) qoʻllagan. Analitiksintetik tovush usulining eng maqbul variantini Rossiyada K.D. Ushinskiy, Gʻarbiy Yevropada F. Disterveg, K. Fogel va boshqa yaratgan. Tovush usuli Oʻrta Osiyodagi mahalliy maktablarda, jumladan, oʻzbek maktablarida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida paydo boʻlgan. Uning tarqalishida oʻlkadagi rustuzem maktablari va tatar muallimlari ochgan maktablar asosiy manba boʻlgan. Shu maktablar taʼsirida ilgʻor mahalliy ziyolilar, jadidlar maktabxonalardagi taʼlim usuli (usuli hijoya)da savod urgatish qiyinligini anglab, oʻzlari ochgan maktablarida Usuli savtiyada dare bera boshladilar. 1902-yil S. Saidazizov sintetik tovush usulida "Us todi avval" oʻzbekcha dareligini tuzgan. Bu darelik uzoq yillar yangi usuldagi bir nechta maktablarda asosiy alifbe kitobi sifatida oʻqitilib kelingan. Musulmon ukituvchilarning Toshkentda boʻlib oʻtgan 1qurultoyi (1918-yil avgust) barcha oʻzbek maktablarida tovush usulida dare berish haqida qaror qabul qildi. Davr oʻtishi bilan bu usul pedagogika va psixologiya maʼlumotlari asosida takomillashib borgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |