Kontent qismiga oʻtish

Dazmol

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Utukdan yoʻnaltirildi)
Zamonaviy elektr dazmol.

Dazmol kiyimlar gʻijimini tekislash uchun ishlatiluvchi maishiy buyumdir. Bunday tekislash jarayoni dazmollash deyiladi. Dazmollashdan avval dazmol qizdiriladi.

Dazmol — gazlama, kiyim-kechak, koʻnchilik mahsulotlari va b.ga issiqlik ishlovi berish (qizdirib silliqlash) uchun moʻljallangan asbob. Uy-roʻzgʻorda, maishiy xizmat korxonalarida, tikuvchilik f-kalarida, koʻn zavodlarida ishlatiladi. Roʻzgʻorda ishlatiladigan D.ning kumir yoki oʻtin chugida qizdiriladigan, plita ustiga quyib qizdiriladigan va elektr xillari bor. Hozir, asosan, elektr D. ishlatiladi. U metall asos, qopqoq, qizdirish elementi (spiral) va shnurdan iborat. Baʼzi elektr D.lar issiqlik darajasini uzgartiradigan (termorostlagichli) (mas, 700 Vt — 1000 Vt li) qilib ishlab chiqariladi. Baʼzi D.larda dazmollanadigan joyni hoʻllab turadigan suv "kosacha" boʻladi. Tikuvchilik f-kalari, maishiy korxonalarda maxsus(ogʻirroq va quvvatliroq) D.lar va dazmollash presslari ishlatiladi. Koʻnchilikda ishlatiladigan D. 90—100° gacha qizdiriladigan plita va unga terini qisadigan rolikdan iborat.

D. qadimdan maʼlum. 11-asrda Oʻrta Osiyoda D. andavaga uxshash temir asbob bulib, uni oʻtda qizdirib, kiyimning chok va bahyalarini bostirganlar, sirtini silliqlaganlar. Keyinchalik, olov D. paydo boʻlgan. U paytlarda D.ni utuk (otuk) deb atashgan (M. Koshgariy "Turkiy suzlar devoni", T., 1960). Hozir ham Xorazm, Samarqand viloyatlarida xalq D.ni utuk deb yuritadi.[1]

Dazmollashda mato tolalarini tashkil etuvchi polimer molekulalarining bogʻlari kuchsizlanishi xossasidan foydalaniladi. Kengaygan mato dazmol vazni ostida kerakli (ushbu holda yassi) shaklga kelib, sovutilganda shu shaklni saqlab qoladi. Baʼzi mato (masalan, paxta) polimer bogʻlarini zaiflashtirish uchun suv kerak boʻladi. Ayrim matolar (masalan, neylon) esa dazmollashni deyarli yoki umuman talab qilmaydi.

Koʻmir issigʻi bilan ishlaydigan dazmol.

Oʻtmishda ishlatilgan dazmollar choʻyan yoki boshqa zich metallardan tayyorlanib, alanga, toshkoʻmir yordamida qizdirilar edi. Ilk dazmol qayerda va qachon ixtiro qilingani nomaʼlum; lekin ayrim manbalarga koʻra qadimgi Xitoyda choʻgʻ toʻldirilgan yassi tovoq bilan mato tekislashni bilishar edi.[2] Zamonaviy dazmollarga oʻxshaydigan dastali qurilmalar esa XVII asr oʻrtalarida paydo boʻldi. Avvalboshda tancha, koʻmir issigʻi bilan qizdirilgan bunday dazmollar keyinchalik tabiiy gaz, kerosin, spirt kabi suyuq yoqilgʻilar energiyasidan isitiladigan boʻldi.

Dazmolni qizitish uchun elektr energiyasidan foydalanish fikri 1880-yillar boshlarida paydo boʻldi. Ilk elektr dazmol 1882-yili Henry W. Seely ismli New Yorklik ixtirochi nomiga patentlandi.[3] Elektr dazmol oʻtkazuvchi unsurning qarshilik natijasida ajraladigan issiqlik hisobiga qiziydi (baʼzi elektr dazmol modellarida isitish manbai sifatida elektr yoyidan foydalanilar edi; biroq bu juda xavfli boʻlgani uchun bunday dazmollar keng tarqalmadi). Haroratini termostat bilan sozlash mumkin boʻlgan dazmollar 1920-yillar oxirida paydo boʻldi. Sal oʻtib bugʻ chiqaruvchi dazmol ixtiro qilindi.

Suresh Joachim 55 soat 5 daqiqa davomida betoʻxtov dazmol qilib, jahon rekordi oʻrnatdi (2005-yil sentabri).[4]

Dazmol taxtasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dazmollash uchun tayanch taxtalari dazmollash jarayoni bilan bir vaqtda paydo boʻlgan boʻlishi mumkin (biroq, baʼzi qadimgi dazmollash usullari bunday taxtadan foydalanishni taqozo etmay, tekislanayotgan matoni bir necha kishi tortib, ushlab turishar edi).[5] Maxsus dazmol taxtalari XIX asrda patentlana boshlandi. Shunday patentlardan biri 1858-yilning 16-fevralida W. Vandenburg va J. Harvey tomonidan olindi.[6]