Uveal trakt
Koʻzning oʻrta qatlami (qon tomirli) yoki uveal trakt (tunica vasculosa) uch qismdan iborat:rangdor parda (iris), kipriksimon tana (corpus cilliare) va xorioidea
Rangdor parda
[tahrir | manbasini tahrirlash]• Rangdor parda- koʻz uchun avtomatik diafragma vazifasini bajaradi. Rangdor pardaning qalinligi atigi 0,2-0,4 mm, ingichkalashgan qismi — bu kipriksimon tanaga oʻtish joyida, bu qismida travmalar paytida rangdor parda uzilib ketishi mumkin (iridodializ). Rangdor parda biriktiruvchi toʻqima stromasidan, qon tomirlaridan, epiteliydan, rangdor pardani oldingi qismini qoplaydigan epiteliydan va orqa tomonda pigment epiteliysining ikki qatlamidan iborat boʻlib bu uning shaffofligini taʼminlaydi. Rangdor parda stromasi tarkibida koʻplab xromatofor hujayralar mavjud boʻlib, ulardagi melanin miqdori koʻzning rangini paydo qiladi. Rangdor pardada sezgir nerv tolalari nisbatan kam boʻlib, shuning uchun rangdor pardaning yalligʻlanish kasalliklari yengil ogʻriq bilan kechadi.[1]
Qorachiq
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qorachiq-rangdor parda markazidagi dumaloq teshik. Uning diametrini oʻzgartirishi rangdor parda hisobiga, toʻr pardaga tushuvchi yorugʻlik nurlari oqimini tartibga soladi. Qorachiqning oʻlchami rangdor pardadagi sfinkter va dilatator silliq mushaklar harakati tufayli oʻzgaradi. Bu sfinkter muskul tolalalari uzuksimon joylashgan boʻlib koʻzni harakatlantiruvchi nerv parasimpatik innervatsiyasini qabul qiladi. Radial dilatator tolalar yuqorigi boʻyin simpatik tuguni tomonidan innervatsiyalanadi.
Kipriksimon tana
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kipriksimon tana — eni 8 mm dan iborat qalin tasma shaklida bo‘lib, sklera ostida joylashgan. Uning rangi qora va yuzasi ko‘p miqdordagi kipriksimon ingichka bo‘rtiqchalardan iborat. Kipriksimon tananing orqa qismi notekis tishsimon tana orqali xususiy tomirli pardaga o‘tib ketadi. Xususiy tomirli pardada pigment hujayralari juda ko‘p. Uning orqa markaziy qismi ko‘ruv nervi tashqi pardasi yaqinida tugallanadi. Xorioideya-uveal traktni orqa qismi hisoblanib kipriksimon tanadan tishsimon liniya orqali ajralib turadi. Xorioideya bir nechta tomirli qavatdan tashkil topgan. Xoriokapillyarlar keng qatlami toʻr pardaga yopishib turadi va toʻr pardadan ingichka Brux membranasi orqali ajralib turadi.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muxamadiyev. Uveal trakt, Toshkent, 2020 — 41-42-bet. ISBN 418-499-08-2020.
- ↑ Yuldasheva. Ko'z anatomiyasi, 6, Toshkent, 2017 — 9-10-bet. ISBN 978-9943-05-869-9.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |