Kontent qismiga oʻtish

Uvildiriq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Uvildiriqmollyuskalar, ignaterililar, suyakli balikdar, suvda va quruklikda yashovchilar va boshqalarning suvga tashlaydigan tuxumlari. Uvildiriq suv tubiga yoki suv kaʼriga tashlanadi. Suv tubiga tashlanadigan Uvildiriq suvdan ogʻirroq yoki yopishqoq boʻladi. Baliklar bunday Uvildiriqni suv ostidagi narsalarga va oʻsimliklarga yopishtirib yoki suv ostiga koʻmib qoʻyadi. Suv qaʼriga tashlanadigan Uvildiriq suvdan yengil boʻlganidan suvda qalqib turadi. Uvildiriq oʻlchami 0,6 mm dan (qum baliqda) 7,0 mm gacha (ayrim losossimonlarda). Uvildiriq soni bir necha oʻndan yuz va mln. gacha (oybaliq) boʻladi. Dengiz tipratikanlari, suvda va quruklikda yashovchilar uvildirigʻi klassik tadqiqot obʼyekti. Koʻpchilik ignaterililar (dengiz bodringlari, tipratikanlari va boshqalar) uvildirigʻi isteʼmol qilinadi. Tuzlangan va konservalangan osyotrsimonlar hamda losossimonlar uvildirigʻi tansiq taom hisoblanadi.