Kontent qismiga oʻtish

Uvologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uvologiya (lot. uva – uzum va logiya) – vino va boshqa mahsulotlar i. ch. da uzum shingillari va gʻujumining tarkibiy qismlarini hamda uzumni oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo tarzida oʻrganadigan kimyotexnologiya fani. U. uzumni yangiligida yoki quritib isteʼmol etish, saqlash yoki sharbat, vino, shampan, konyak i.ch. uchun qayta ishlash jihatlaridan oʻrganadi. Uzum navlarini uvologik jihatdan tekshirishda ampelografik maʼlumotlarga tayangan holda uzumning tarkibi va xususiyatlari; kimyoviy tarkibi; pishish muddatlari; uzum va undan olingan mahsulotlarning taxlili; tokchilikni reja asosida joylashtirish; vinochilikni ixtisoslashtirish; tok oʻstirilayotgan yer sharoiti va tok parvarishi, bu omillarning uzumning mexanik xususiyati va kimyoviy tarkibiga taʼsir etishi oʻrganiladi va hokazo. (yana qarang Ampelografiya).