Uzbek Rustamov
Uzbek Agzamovich Rustamov (1926-yil 11-sentyabr, Toshkent — 2011-yil 5-iyun, Toshkent) — sovet davlat arbobi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘zbek Rustamov 1926-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida — xizmatchilar oilasida dunyoga keladi, 2011-yil 5-iyunda Toshkent shahrida vafot etadi. Maʼlumoti oliy, sharqshunos-tarixchi sanaladi. U 1945—1950-yillarda Samarqand davlat universiteti (SamDU) Sharqshunoslik fakulteti talabasi bo‘ladi. So‘ng 1950—1953-yillarda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti aspiranti. Ilmiy darajasi – tarix fanlari nomzodi. Doktorlik dissertasiyasining mavzusi: XIX asr oxiri XX asr boshlarida Shimoliy Hindistondagi Hinduqush knyazligi. Uchta monografiya va ellikdan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Tashqi munosabatlar bo‘yicha I darajali maslahatchi edi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1953—1956-yillarda — O‘zbekiston SSR FA Sharqshunoslik institutida kichik ilmiy xodim.
- 1956—1959-yillarda — O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vazirining yordamchisi.
- 1959—1960-yillarda — O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vazirligining Protokol va konsullik boshqarmasi boshlig‘i.
- 1960—1970-yillarda — O‘zbekiston SSR tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
- 1970—1980-yillarda — O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Axborot va tashqi aloqalar bo‘limi mudiri.
- 1980—1989-yillarda — SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Diniy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston SSRdagi ishonchli vakili.
- 1990—1991-yillarda — Toshkentdagi KPSS MK huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasi Ilmiy ateizm instituti Respublikalararo bo‘limi katta ilmiy muharriri.
- 1991— 1993-yillarda — O‘zbekiston Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati boshqaruvi Prezidiumi raisining o‘rinbosari.
- 1993—1994-yillarda — Kramds-Dost korporasiyasining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha vise-prezidenti
- 1994—2011-yillarda — O‘zbekiston Respublikasidagi Interconcyepts, Incorporated (AQSH) bosh vakili.
- 1989-yildan — davlat ittifoqi ahamiyatiga ega shaxsiy nafaqaxo‘r.
Hukumat mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Faxriy nishon" ordeni (1966)
- "Faxriy nishon" ordeni (1971)
- "Mehnat jasorati" medali V.I.Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan.
- "1941-1945 yillardagi Ulug 'Vatan urushi g‘alabasining o‘ttiz yilligi” yubiley medali".
- O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining (1965, 1974, 1976, 1984) faxriy yorliqlari
- "Mehnat faxriysi" medali (1989).
Saylov organlaridagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zbekiston Kompartiyasi ikkinchi chaqirig‘i (1971— 1975, 1976— 1981) Taftish hay’ati a’zosi;
- Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy Kengashi ikkinchi chaqiriq (1971—1975, 1976—1981) deputati.